Markaziy bankning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarning banklardagi omonatlari hajmi 1 noyabr holatiga ko‘ra, 206,5 trillion so‘mni tashkil etdi.
Ketma-ket 8 oylik o‘sishdan so‘ng, birinchi marta banklardagi fuqarolarning omonatlari 0,12 foizga kamaygan.
Xabarda qayd etilishicha, depozitlarning pasayishiga yuridik shaxslarning hisob-varaqalaridagi pul mablag‘larining 152,3 trillion so‘mdan 150,3 trillion so‘mga qisqarishi sabab bo‘lgan. Shuningdek, jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlar hajmi 54,5 trillion so‘mdan 56,2 trillion so‘mga oshgan.
Bundan tashqari banklar tomonidan ajratilgan kredit miqdori joriy yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, 375 trillion so‘mni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit miqdori 94 trillion so‘mni, yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar miqdori esa 281 trillion so‘mni tashkil etmoqda.
O‘zA