Özbekistonda 9 oyda 270,8 ming tonna baliq yetiştirildi
Joriy yilning 9 oyida Özbekistonda baliqçilik sohasi misli körilmagan rivojlaniş bosqiçiga kirdi. Yaratilgan yangi imkoniyatlar va zamonaviy yondaşuvlar işlab çiqariş hajmini keskin oşirdi.
Poytaxtimizda taşkil etilgan brifingda sohaga tegişli maʼlumotlar taqdim etildi. Qayd etilişiça, joriy yilning ötgan 9 oyi davomida baliqçilik sohasida yuqori körsatkiçlarga erişilgan. Xususan, umumiy quvvati 655 million dona bölgan 4 ta yangi inkubatsiya sexi işga tuşirilgan. Natijada respublikadagi jami inkubatsiya sexlari soni 129 taga, ularning umumiy quvvati esa 6 milliard 400 million donaga yetkazilgan. Şuningdek, çavoq yetiştiriladigan reproduktor havzalar maydoni 250 gektarga kengaytirilib, jami 8 550 gektarni taşkil etdi. Bu işlab çiqariş quvvatlarini ötgan yilga nisbatan 103 foizga oşiriş imkonini berdi. Suv va yer resurslaridan unumli foydalaniş maqsadida mavjud sunʼiy suv havzalarining 24 foizi (15 ming gektari) intensivlaştirildi. Bunday zamonaviy yondaşuv mazkur havzalarda baliq yetiştiriş hajmini 3–4 barobarga oşirdi.
Içki bozorni rang-barang mahsulotlar bilan töldiriş maqsadida forel, osyotr va losos kabi noyob hamda qiymatli baliq turlarini yetiştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu yönalişda 12 ta yangi loyiha amalga oşirilib, loyihalarning umumiy soni 62 taga, quvvati esa 13 ming tonnaga yetkazildi. Bugungi kunda respublikaning 22 ta tumanida, jumladan, Baliqçi tumanidagi “Çinobod real biznes”, Şahrisabz tumanidagi “Şerbekjon” hamda Zomin tumanidagi “Zamin katta imkoniyat” kabi yetakçi xöjaliklarda sovuq suv baliqlari muvaffaqiyatli yetiştirilmoqda.
Tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlaş maqsadida Böka tumanida “Green land” MÇJ faoliyati yölga qöyildi. Navbahor tumanidagi “BAO LONG XALQARO” xususiy korxonasi va Yozyovon tumanidagi “HUALONG SILIAO” (Xitoy) qöşma korxonasida qöşimça 60 ming tonnalik quvvatlar yaratildi. Natijada intensiv baliqçilik uçun balanslaşgan omuxta yem işlab çiqaruvçi korxonalar soni 15 taga, umumiy quvvati esa 150 ming tonnaga yetdi.

Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlar öz samarasini bermoqda. Rasmiy statistik maʼlumotlarga köra, 2026-yilning 9 oyi davomida mamlakatimizda jami 270,8 ming tonna baliq ovlandi. Bu körsatkiç sohaning naqadar yuqori surʼatlar bilan rivojlanayotganidan va yurtimiz dasturxoni yanada tökin bölayotganidan dalolat beradi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA