Özbekiston - Xitoy: geofizika sohasidagi hamkorlik yangi bosqiçda
Neft-gaz sohasida geologik qidiruv işlari samaradorligini oşiriş, zamonaviy geofizik texnologiyalarni joriy etiş va xalqaro tajribani keng jalb qiliş hamkorlikning muhim yönalişlaridan hisoblanadi. Bu borada Xitoy kompaniyalari bilan yölga qöyilgan aloqalar yangi loyihalar va istiqbolli taşabbuslar uçun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Şu maqsadda “Özbekneftgaz” AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Suxrob Hamroyev Xitoyning “BGP” va “INOVA” kompaniyalari vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqotda hamkorlikdagi seysmik qidiruv loyihalarining amaliy ijrosi, bajarilayotgan işlar samaradorligi va belgilangan rejalarning öz vaqtida taʼminlanişiga doir masalalar muhokama qilindi. Jumladan, joriy yil yakuniga qadar rejalaştirilgan iş hajmlarini bajariş uçun jarayonlarni yanada jadallaştiriş zarurligi taʼkidlandi.
Şuningdek, geofizik uskunalarni işlab çiqariş va yetkazib beriş bilan boğliq masalalar ham muzokaralar kun tartibidan örin oldi. Texnik taʼminot uzluksizligini taʼminlaş, uskunalarni kelişilgan muddatlarda va töliq yetkazib beriş böyiça vazifalar körib çiqildi.
Kelgusida hamkorlikni yangi yönalişlarda rivojlantiriş, sohaga ilğor texnologiyalarni jalb etiş hamda mahalliy mutaxassislarni tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş borasidagi aloqalarni kengaytiriş yuzasidan ham fikr almaşildi.
Jamiyat axborot xizmatiga köra, mazkur hamkorlik geologik qidiruv işlari samaradorligini oşiriş, texnik imkoniyatlarni kengaytiriş va uglevodorod zaxiralarini aniqlaş jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillaştirişga xizmat qiladi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA