Çorvaçilik sohasini rivojlantiriş istiqbollari muhokama etildi
Guliston tumanida çorvaçilikni rivojlantiriş, zamonaviy xöjaliklar faoliyatini yölga qöyiş, fermerlar uçun mavjud imtiyoz va moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalaniş masalalariga bağişlangan amaliy seminar ötkazildi. Unda tarmoqda mahsuldorlikni oşiriş, ozuqa bazasini mustahkamlaş, ilğor tajribani ommalaştiriş va yangi loyihalarni qöllab-quvvatlaş istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbir Boyovut SIU hududida joylaşgan «Zamon tulporlari» fermer xöjaligida taşkil etilgan yengil tipdagi çorva majmuasida bölib ötdi. Unda tuman hokimi Olimjon Jörayev, tuman prokurori Ilhom Normatov, hokim örinbosari Sardor Ötbasarov, soha mutasaddilari va çorvaçilik xöjaliklari rahbarlari iştirok etişdi.

Seminar qatnaşçilari majmuaning faoliyati, uni taşkil etiş tajribasi va çorva mollarini parvarişlaş uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişişdi. Şuningdek, çorvaçilik xöjaliklarini taşkil etiş va kengaytiriş, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş, imtiyozli kreditlardan foydalaniş mexanizmlari hamda tadbirkorlar uçun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan maʼlumot berildi.

Çorvaçilik qişloq xöjaligining muhim tarmoği sifatida aholini göşt, sut va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş, qişloq joylarda bandlikni oşiriş va fermerlar daromadini köpaytirişda alohida örin tutadi. Şuning uçun uni rivojlantirişda faqat çorva mollari sonini köpaytiriş emas, balki naslçilikni yaxşilaş, ozuqa bazasini mustahkamlaş, veterinariya xizmatini takomillaştiriş va mahsulotni qayta işlaş imkoniyatlarini kengaytiriş ham muhim hisoblanadi.

Bunday amaliy uçraşuvlar sohadagi mavjud imkoniyatlarni kengroq namoyon etiş, fermerlar örtasida tajriba almaşiş va çorvaçilikni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş imkonini beradi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri