Özbekiston va Turkiya: Iqtisodiy diplomatiya vositalaridan samarali foydalaniladi
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Turkiya Buyuk millat majlisi deputati, “Turkiya - Özbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Osman Mesten boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi.
Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Aʼzamxöjayev bilan uçraşuvda Özbekiston va Turkiya örtasidagi parlamentlararo muloqotni faollaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat Prezidentlarining qatʼiy siyosiy irodasi va özaro işonçga asoslangan döstona munosabatlari tufayli Özbekiston va Turkiya örtasida keng qamrovli strategik hamkorlik izçil rivojlanib borayotganligi qayd etildi.

Parlamentlararo hamkorlik guruhlari imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almaşiş, hududlar örtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş muhimligi alohida taʼkidlandi.
Iqtisodiy diplomatiya vositalaridan samarali foydalaniş, turkiy dunyo işbilarmonlar uyuşmalari bilan hamkorlikni kengaytiriş, qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşirişga ustuvor eʼtibor qaratiş zarurligi qayd etildi.
N.Abduraimova, ÖzA