Özbekiston bilan Ömon örtasida salmoqli hujjatlar töplami qabul qilindi
Masqat şahrida ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi va Ömon Sultonligi örtasida imzolangan Strategik şeriklik töğrisidagi bitim özaro munosabatlarni mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan bölib, hamkorlikning barça jabhalarini rivojlantirişni közda tutadi.









Şuningdek, marosimda özaro vizadan ozod qiliş, sanoat kooperatsiyasi, moliya va iqtisodiyot, imtiyozli savdo, erkin iqtisodiy zonalar, bojxona, transport-logistika, kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari, uy-joy hamda şaharsozlik, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, soğliqni saqlaş, atrof-muhitni himoya qiliş, mehnat va inson resurslari, taʼlim, madaniyat va sport, boşqaruv va davlat xizmati, arxivlaştiriş hamda boşqa sohalar böyiça qabul qilingan 30 dan ziyod hujjatlar almaşildi.