Suv tejovçi texnologiyalarni örnatiş va servis xizmatida kamçiliklar bor
Sönggi yillarda suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş harakatlari davlat tomonidan rağbatlantirilmoqda. Natijada qişloq xöjaligi ekin maydonlarida zamonaviy suğoriş texnologiyalaridan foydalaniş kölami kengaymoqda.
Biroq, uşbu jarayonda ayrim huquqiy va taşkiliy muammolar saqlanib qolyapti. Xususan, suv tejovçi texnologiyalarni örnatiş böyiça quriliş-montaj işlarini bajariş, ularni ekspluatatsiyaga kiritiş va servis xizmatlarini körsatişda yuzaga kelayotgan kamçiliklar ayrim hollarda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarining huquq va qonuniy manfaatlariga taʼsir körsatmoqda.
Maʼlumotlarga köra, 2026-yilda 1,4 trillion söm imtiyozli kredit hisobidan 137 ming gektar maydonda tomçilatib, 34 ming gektarda yomğirlatib, 107 ming gektarda diskret suğoriş texnologiyasi joriy etilgan hamda 303 ming gektar maydonda lazerli tekislaş amalga oşirilgan. Ammo ayrim pudrat taşkilotlari tomonidan uskunalar örnatiş, ularga kafolat bermaslik va belgilangan muddatlarda servis xizmatlari körsatilmasligi holatlari uçramoqda.
Xususan, 2024-2026-yillarda 309 ta qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarining jami 3 ming 848 gektardan ortiq maydonida suvni tejaydigan texnologiyalarni qurib bergan pudrat taşkilotlari tomonidan kafolat berilmagan hamda servis xizmatlari körsatilmagan. Bu kabi holatlar böyiça sudlarga daʼvo kiritişda esa davlat boji bilan boğliq xarajatlar qöşimça moliyaviy yukni yuzaga keltirmoqda.
Şundan kelib çiqib, “Davlat boji töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga qöşimça va özgartiriş kiritiş haqida”gi qonun loyihasi işlab çiqildi va parlament quyi palatasi majlisida birinçi öqişda muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, mazkur qonun loyihasi bilan qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarining manfaatini közlab suv tejovçi texnologiyalarni örnatiş bilan boğliq masalalar yuzasidan Suv xöjaligi obʼektlari xavfsizligini va suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasini sudlarga daʼvo arizalari kiritişda davlat bojini tölaşdan ozod etiş nazarda tutilmoqda.
Şu bilan birga, daʼvo talablari sud tomonidan töliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat bojini rad etilgan talablar miqdoriga mutanosib ravişda undiriş tartibi belgilanmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinişi qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilişning huquqiy çoralarini kuçaytiriş, ularning faoliyatida ortiqça xarajatlarning oldini olişga xizmat qiladi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA