«Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabigaaylanishi, islohotlarning tashabbuskoriva asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak». Sh.M.Mirziyoyev

Barchamizga ma’lumki, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishda o‘zgacha bir mayoq vazifasini bajarib kelmoqda.

Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishining – Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari – birinchi qismi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga bag‘ishlangan.

Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasini eslash lozim: «Ijro hokimiyati idoralari faoliyatini nazorat qilishda Prezidentning asosiy ko‘makchilari kim? Albatta, siz, muhtaram deputat va senatorlar. Sizlar mening oldimga kelib, ijro hokimiyati idoralarining kamchilik va nuqsonlari haqida asosli ma’lumotlar berishingiz, vazirlik va idoralar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha masalani ko‘ndalang qo‘yishingiz, kerak bo‘lsa, vazir va hokimlarni lavozimdan bo‘shatishgacha bo‘lgan takliflarni kiritishingiz lozim».

Darhaqiqat, davlatning demokratik rivojlanishi tahlili shundan dalolat beradiki, agar davlat va jamiyat hayotiga doir masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilishda parlamentning ishtiroki darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, xususan, parlament nazorati mexanizmlari qanchalik takomillashgan bo‘lsa, ijro hokimiyati organlari faoliyati ham shunchalik samarali tashkil etiladi.

Yuridik adabiyotlarda qonun chiqaruvchi hokimiyatning nazorat vakolati qonun chiqarish jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etiladi. Albatta, parlament xalqning vakillik organi bo‘lganligi bois davlat hokimiyatining boshqa (deyarli barcha) tarmoqlari, ayniqsa, o‘zi saylaydigan, ta’sis etadigan va tayinlaydigan idoralar va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan muayyan nazoratni amalga oshirishi zarurdir.

Yagona xalq suvereniteti g‘oyasining tarafdori J.J.Russoning ta’kidlashicha, «parlament millat va xalq irodasini aks ettiruvchi idora bo‘lganligi uchun ham xalq nomidan nazorat-tekshiruv funksiyasini bajaradi. Boshqa fransuz tadqiqotchisi B.Shantebuning fikricha, «parlament nazorat funksiyasi orqali o‘zining birlamchi funksiyasi hisoblangan qonunchilik funksiyasini ta’minlaydi».

M.Lesaj ham parlament nazoratining ahamiyati masalasida fikr yuritib, «qonunni chiqargan organ uning ijrosini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmasa, qonun «o‘lik harflar»ga aylanib qolishini» ta’kidlaydi.

Parlament nazorati mexanizmlarining qonunchilikni takomillashtirishdagi o‘rni haqida o‘zbek olimlaridan T.Narbayeva, N.Ismoilov, A.Saidov, B.Mirboboyev, M.Mirakulov, R.Xakimov, Sh.Zulfikorov, H.Odilqoriyev, E.Xalilov, Sh.Yakubov va boshqalarning fikri ham e’tiborga molik.

Mustaqil O‘zbekistonda oliy qonun chiqaruvchi organ faoliyatini demokratlashtirish, huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat hokimiyati organlari tizimida parlamentning roli va ahamiyatini oshirish yo‘lida qator muhim islohotlar amalga oshirildi va amalga oshirilib kelinmoqda.
2016 yilda qabul qilingan «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonun bir-birini tiyib turish va o‘zaro muvozanatda ushlab turish prinsipini amalda ta’minlash yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi.

Shu o‘rinda so‘nggi yillarda yurtimizda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tahliliga e’tiborni qaratish ayni muddao bo‘ladi. O‘rganishlar asosida parlament nazoratiga oid o‘zgarishlarni 7 yo‘nalishga bo‘lish mumkin.

Birinchidan, byudjet jarayoni ustidan parlament nazorati mutlaqo yangicha tusga ega bo‘ldi:

Oliy Majlisning Davlat byudjetini shakllantirish sohasidagi vakolatlari rivojlanishning yangi bosqichiga chiqdi. Navbatdagi yil uchun davlat byudjetini qonun bilan qabul qilish amaliyoti joriy etildi.

Ma’lumki, ushbu tartib joriy etilguniga qadar Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining navbatdagi yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qarorlarini ijro etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan.

Ilk bor, «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan respublika byudjeti xarajatlari vazirlik va idoralar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan, mahalliy byudjetlar xarajatlari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi.

Hukumatning Davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha hisobotlarini Senat tomonidan ham ko‘rib chiqishning batafsil tartibi qonunchilikda aks ettirildi. Buning natijasida hududiy manfaatlardan kelib chiqib, Senat tomonidan Davlat byudjetining ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish tartibi o‘rnatildi.

Bunga qadar davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha choraklik hisobotlar faqat Qonunchilik palatasida muhokama qilinar edi.

Ikkinchidan, Hukumat bilan hamkorlik va uning faoliyati ustidan parlament nazorati kuchaytirildi:

«Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Oliy Majlisning ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirgan holda yagona hujjatda birlashtirdi.

Parlament tarixida ilk bor 2019 yildan boshlab, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotini Oliy Majlis palatalarida ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etildi. Davlat rahbarining ushbu tashabbusi asosida Hukumatning xalq vakillari oldidagi mas’uliyati oshishi bilan birga, islohotlarni amalga oshirish jarayonida parlament a’zolarining faol ishtiroki ta’minlamoqda.

Qonunchilik palatasi majlislarida Hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish – «Hukumat soati» instituti joriy etildi. Mazkur institut parlament nazoratini amalga oshirishga yangicha ruh olib kirdi hamda joylarda aholini tashvishga solib kelayotgan qator muammo va masalalarni hal etishda ijro hokimiyati
va parlament hamkorligining eng samarali усулиga aylanib bormoqda.

Xususan, 2018 yilda 6 ta, 2019 yilda 8 ta, 2020 yilda 9 ta «Hukumat soati» tadbirlari o‘tkazilgan.

Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma’qullash vakolatiga ega bo‘ldi. Davlat boshqaruvi sohasini yanada demokratlashtirishga qaratilgan ushbu yangi tartib hokimiyat bo‘linishi prinsipining yaqqol ifodasidir.

Xususan, 2019 yilda hukumat a’zoligiga 3 nafar nomzod Qonunchilik palatasining majlislarida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan bo‘lsa, 2020 yilda ushbu ko‘rsatkich 48 taga yetdi.

Parlament nazorati sub’ektlariga Hukumatning ko‘maklashishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimi joriy etildi.

Uchinchidan, parlament va parlament a’zosi so‘rovlari instituti takomillashtirildi:

Parlament so‘roviga, Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘roviga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanishi to‘g‘risidagi qoida qonunchilikda mustahkamlandi. Parlament a’zosining obro‘-e’tibori va siyosiy maqomiga ijobiy ta’sir qilgan ushbu o‘zgarish parlament va parlament a’zosining so‘rovini ko‘rib chiqishda mansabdor shaxslarning mas’uliyatini yanada yuksalishiga zamin yaratdi.

Deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilovchi normalar takomillashtirildi. Ushbu o‘zgarishlar mansabdor shaxslarning parlament so‘rovini, deputat, senator so‘rovini ko‘rib chiqishdagi mas’uliyatini oshishiga xizmat qildi.

To‘rtinchidan, vazirlik va idoralar hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati ustidan parlament nazorati yangicha mazmun kasb etdi:

Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda parlamentarizm an’analaridan kelib chiqibxo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati ham parlament nazorati ob’ektlari doirasiga kiritildi.

Har yili Adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axborotini tegishli qo‘mitada dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda Senatning yalpi majlisida eshitilishiga oid norma qonunchilikda belgilandi. Endilikda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotida mavjud bo‘lgan tizimli muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar parlament darajasida muhokama qilinmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini xalq vakillari tomonidan bevosita nazorat qilish mexanizmi – Sog‘liqni saqlash vazirining o‘z faoliyati haqidagi axborotini tegishli qo‘mitada dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda Qonunchilik palatasining majlislarida yiliga ikki marta eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashda parlamentning rolini kuchaytirish maqsadida Ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotini tegishli qo‘mitada dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda Senatning yalpi majlislarida yiliga ikki marta eshitish amaliyoti joriy etildi.

Ushbu islohotlargacha Oliy Majlis palatalarida parlament eshituvlari asosan Davlat byudjetining ijrosi, Bosh prokuratura, Hisob palatasi, Markaziy bank, siyosiy partiyalarning faoliyati yuzasidan yillik axborotlarni eshitish bilan cheklangan.

Beshinchidan, parlamentning mamlakat tashqi siyosatidagi roli yangi bosqichga chiqdi:

Mamlakatning tashqi siyosatini muvofiqlashtirish bo‘yicha parlamentning o‘rnini yanada mustahkamlash maqsadida Tashqi ishlar vazirining o‘z faoliyati haqidagi axborotini tegishli qo‘mitada dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda Senatning yalpi majlislarida yiliga ikki marta eshitish amaliyoti joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalariga doir hisobotlarini Senat tomonidan eshitish amaliyoti joriy etildi. Senatning tashqi aloqalar sohasidagi nazorat vakolatlari kengaytirilishiga asos bo‘lgan ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari faoliyati samaradorligi oshishiga mustahkam zamin yaratmoqda.

Xususan, 2020 yilda yuqori palata tomonidan 10 nafar elchining hisoboti eshitildi.

Oltinchidan, parlamentning mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati yuzasidan nazorat vakolatlari yanada kengaytirildi:

Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish uchun huquqiy asosi yaratildi. Buning natijasi o‘laroq, Senatning hududiy vakillik palatasi sifatidagi roli va vakolatlari yanada mustahkamlandi.

Xususan, Senatining yalpi majlislarida Surxondaryo, Namangan viloyatlari hokimlarining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti eshitildi.

Senat xalq deputatlari mahalliy kengashlarining Konstitutsiya va qonunlarga, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish vakolatiga ega bo‘ldi. Bunda asosiy e’tibor mahalliy kengashlarning qonunchilikka mos kelmaydigan qarorlar sonini kamaytirish va imkon qadar qabul qilinishining oldini olishga qaratiladi.

Yettinchidan, parlament tekshiruvi institutiga oid huquqiy normalar takomillashtirildi:

Oliy Majlis palatalariga mustaqil ravishda parlament tekshiruvi komissiyasini tuzish va uni o‘tkazish vakolati berildi. Buning natijasida parlament tekshiruvini o‘tkazish amaliyotiga oydinlik kiritildi va Oliy Majlisning har bir palatasida parlament tekshiruvini o‘tkazish zaruriyatiga qarab alohida qaror qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Hurmatli xalqaro davra suhbati ishtirokchilari!

Fikrimizcha, yuqoridagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda parlament nazorati samaradorligini yanada oshirish bilan bog‘liq ayrim muammolar va yetarli darajada foydalanilmagan imkoniyatlar ham mavjud.

Xo‘sh, Oliy Majlis palatalarining ijro hokimiyati faoliyati ustidan ta’sirchan va samarali parlament nazorati mexanizmlari davlat va jamiyat qurilishi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga monand bo‘lishi yo‘lida bugungi kunda qanday dolzarb masalalar kun tartibiga chiqmoqda?

Birinchi, deputat va senator so‘rovining mavqeini oshirish, unga doir aniq huquqiy mexanizmlarni qonunchilikda aks ettirish masalasi.

MUAMMO.

Deputat va senator so‘rovida ko‘rsatilgan masalalarning o‘zaro o‘xshash
va yaqinligi yuzasidan yagona yondashuvning mavjud emasligi so‘rovni davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga yuborish tartibini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Ayni paytda, deputat va senator so‘rovlariga mansabdor shaxslar tomonidan sifatli va tushunarli javob berilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati belgilanmagan. Chunki amaliyotda ayrim idora va tashkilotlar tomonidan so‘rovda qo‘yilgan masalaga to‘liq javob bermaslik holatlari ham uchramoqda. Bu esa, deputat va senator so‘rovi ahamiyatini pasayishiga olib kelishi, oqibatda ularning obro‘-e’tibori va siyosiy maqomiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

YeCHIM va TAKLIF.

Qonunchilikka e’tibor qarataylik: deputat va senatorning so‘rovi parlament nazorati shakli hisoblanadi. Bu esa ushbu turdagi so‘rov parlament so‘rovi kabi batafsil tartibda solishni taqozo qiladi.

Deputat va senator so‘rovini yuborish tartibini takomillashtirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi amaliyotni joriy etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

1) qanday masalalar bo‘yicha so‘rov yuborish mumkinligini qonunchilikda belgilash;

2) so‘rov yuzasidan yuborilgan yozma javobdan qoniqish hosil qilinmagan taqdirda, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari yoki ularning vakillari palata majlisida ishtirok etib, yozma javob bo‘yicha yuzaga kelgan savollarga javob berishi.

Mazkur takliflarni hayotga tatbiq etish deputat va senator so‘rovi samaradorligi va ahamiyatining oshishiga, va eng muhimi aholining, tadbirkorlik sub’ektlarining muammolarini ijobiy hal qilinishiga xizmat qiladi.

Ikkinchi, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini joriy qilish masalasi.

MUAMMO.

So‘nggi yillarda davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini keng joriy etish bo‘yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shu bilan birga, davlat ishtirokidagi korxonalarning ulushini keskin qisqartirish va ularning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda.

Biroq, bugungi kunga qadar ushbu sohadagi parlament nazoratining ta’sirchan mexanizmlari qonunchilikda nazarda tutilmagan. Faqatgina Hukumat tomonidan qabul qilingan 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasining 74-bandida Davlat aktivlari boshqarish agentligi 2022 yildan boshlab, har yili davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati natijadorligi va Strategiyani amalga oshirish to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etishi to‘g‘risidagi qoida belgilangan. Biroq ushbu qoida ham parlament nazoratiga oid qonunchilikda aks ettirilmagan.

Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining parlament nazorati ob’ektiga kiritilmaganligi:

davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati hamda ularni xususiylash-tirish jarayonining ochiqligi va shaffofligini to‘liq ta’minlash;

davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tahlil qilishda parlamentning rolini oshirish;

davlat ishtirokidagi korxonalarda davlat moliyaviy resurslaridan foydalanilishini jamoatchilik tomonidan nazorat qilish imkonini bermayapti.

YeCHIM va TAKLIF.

Ilg‘or xorijiy davlatlar (Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Kanada, Avstraliya, Portugaliya, Norvegiya, Islandiya, Hindiston) tajribasi tahliliga ko‘ra, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati parlament nazorati ob’ekti hisoblanadi.

Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini yaratish maqsadida:

birinchidan, parlament nazorati ob’ektlari doirasiga davlat ishtirokidagi korxonalarni kiritish;

ikkinchidan, dastlab Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalarida, keyin esa palatalar yalpi majlislarida davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish amaliyotini joriy etish;

uchinchidan, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati natijadorligi va Strategiyani amalga oshirish to‘g‘risidagi Davlat aktivlari boshqarish agentligi har yili axborotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etishiga oid normani tegishli qonunlarga kiritish maqsadga muvofiq.

Taklif etilayotgan huquqiy mexanizmlarni joriy etish natijasida davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati hamda ularni xususiylashtirish jarayonining ochiqligi va shaffofligi kuchayishi, ular tomonidan davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligi oshishi hamda O‘zbekiston Respublikasining Jahon mamlakatlari demokratiya indeksi (Democracy Index) «Hukumat faoliyati» kategoriyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga erishiladi.

Uchinchi, Parlament tekshiruvi institutining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari.

MUAMMO. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Oliy Majlis palatalari «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan parlament nazorati shakllarining barchasidan samarali foydalanish mexanizmi yetarli darajada yaratilmagan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatning parlament nazorati bilan bog‘liq vakolatlarini amalga oshirishdagi eng samarali institutlardan biri bu – parlament tekshiruvidir.

2030 yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, mamlakatda ichki hisobdorlik tizimini ta’minlashda ham parlament tekshiruvi muhim rol o‘ynaydi.

Parlament tekshiruvi mexanizmlari qonun chiqaruvchi tomonidan qo‘llanilmayotganligining bir nechta sabablarni ko‘rsatishimiz mumkin:

birinchidan, parlament tekshiruvi tushunchasi qonunda aniq va ravshan ochib berilmagan. Natijada, parlament nazoratining bu shaklini boshqa shakllardan farqlashda ma’lum tushunmovchiliklar vujudga kelishi mumkin;

ikkinchidan, parlament tekshiruvi qaysi holatlarda o‘tkazilishi, ya’ni uning asoslari qonunda aniq-ravshan ko‘rsatib o‘tilmagan;

uchinchidan, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonunda parlament tekshiruvini amalga oshirish tartibi va protsedurasi to‘la ochib berilmagan.

Natijada parlament nazoratining bu shakli qanday tashkil etiladi, natijalari qanday rasmiylashtiriladi, parlament tekshiruvi davomida qanday tadbirlar amalga oshiriladi va kim tomonidan o‘tkaziladi, uning natijalari qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, degan savollarga qonunchilikda aniq javob topish amri mahol bo‘lib qolmoqda.

Qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarda parlament tekshiruviga oid batafsil normalar va tartib-taomillar qonunchilikda bevosita aks etgan. Masalan, parlament tomonidan parlament tergovini o‘tkazish huquqi Fransiya Konstitutsiyasida mustahkamlangan va aniq tartibi belgilab qo‘yilgan.

AQSH Kongressi palatalari reglamentlarida parlament tergoviga alohida moddalar bag‘ishlangan. Ularga ko‘ra, parlament tekshiruvi juda keng doiraga ega bo‘lib, tekshiruv olib borayotgan qo‘mitalar, quyi qo‘mitalar (subcommittees) va parlamentning ikkala palatasining maxsus komissiyalari har qanday hujjatlar va materiallarni so‘rashga, istalgan shaxsni chaqirishga haqlidir. Chaqirilgan shaxs guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin. Tekshiruv davomida to‘plangan ma’lumotlar qo‘mita yoki komissiya tomonidan Vakillar palatasiga yoki Senatga yuboriladi.

Buyuk Britaniya parlamentida ham parlament tergovi instituti reglamentda batafsil tartibga solingan bo‘lib, unga ko‘ra vazirliklar faoliyatini tekshirish uchun maxsus komissiyalarni tuzish vakolatiga ega bo‘lib, mazkur komissiyalar tekshiruv predmetini mustaqil belgilashi va bu jarayonda har qanday shaxsni chaqirtirish hamda zarur hujjatlarni olish huquqiga ega. Maxsus komissiya tomonidan Bosh vazirning faoliyati bo‘yicha ham parlament teshiruvi o‘tkazilgan.

Germaniya Federativ Respublikasi Asosiy qonunining 44-moddasiga ko‘ra, Bundestag tergov qo‘mitasini tashkil etish huquqiga ega, o‘z a’zolarining to‘rtdan bir qismi taklifiga ko‘ra esa uni ta’sis etishi shart, mazkur qo‘mita ochiq majlislarda zarur dalillarni to‘plab boradi. Majlislar yopiq bo‘lishi ham mumkin. Sudlar va hamda ma’muriy idoralar huquqiy va idoraviy yordam ko‘rsatishlari shart.

YeCHIM va TAKLIF.

Parlament tekshiruvini o‘tkazishning aniq asoslari, o‘tkazish mexanizmi, prinsiplari, tartibi, parlament tekshiruvida ishtirok etuvchi sub’ektlarning huquq va majburiyatlari, parlament tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibini parlament nazoratining huquqiy asosini tashkil etuvchi qonunchilik hujjatlarida aks ettirish maqsadga muvofiq.

Xulosa qilib aytganda, Harakatlar strategiyasi asosida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga qaratilgan tizimli o‘zgarishlar, albatta, milliy parlamentimiz faoliyatiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Ushbu jarayonlar parlament nazorati institutiga yangi ruh, yangi nafas olib keldi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Hukumat va qonun chiqaruvchi organ o‘rtasidagi munosabatlar, ular o‘rtasidagi muvozanat tizimi tubdan o‘zgardi, o‘zgarmoqda va tobora konstitutsiyaviy tusga bo‘lib bormoqda. Bu esa, parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanayotganligi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi sifatida gavdalanayotganligidan darak beradi.

Foziljon OTAXONOV

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
direktori, yuridik fanlar doktori, professor v.b.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: parlament nazorati kecha va bugun