“Qaldirg‘och”da mazmunli ta’til
FOTOREPORTAJ
Yoshlarning yozgi ta’til vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kunlik” Yoz-2026 dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastur doirasida respublika bo‘ylab moslashtirilgan umumta’lim maktablarida sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Andijon shahridagi 9-umumta’lim maktabida ham Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Andijon shahar “Kelajak” markazi hamkorligida “Qaldirg‘och” nomli sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil etilgan.
[gallery-29960]
Maydonchada hozirda 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 9 turdagi to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Xususan, qo‘l mehnati, kutubxona, stol tennisi, shaxmat-shashka, futbol, kibersport va teatr yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar bolajonlarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
Ta’til mavsumi davomida mazkur maskanga jami 500 nafar bolajonni qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda sog‘lomlashtirish maydonchasida 100 nafar bolani o‘z bag‘riga olgan.
Ta’kidlash joiz, bunday maydonchalar yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iqtidorini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA