O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi.

SHHT doirasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning Tashkilotga raisligi davridagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil uchun rejalashtirilgan uchrashuv va yig‘ilishlarning yarmi muvaffaqiyatli o‘tkazib bo‘lingani mamnuniyat bilan qayd etildi. Samarqand shahrida bo‘lajak SHHT sammiti hujjatlarini kelishish borasida faol ish olib borilmoqda.

Barqarorlik va xavfsizlik uchun xavf tug‘dirayotgan xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda Tashkilot salohiyatini kuchaytirish, “Shanxay ruhi” prinsiplari asosida ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Transport sohasida o‘zaro bog‘liqlik, “yashil” energetika, innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyot, sanoat kooperatsiyasi borasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Pandemiyadan keyingi davrda faol madaniy-gumanitar aloqalar va turizm almashinuvini qayta tiklash lozimligi haqida yakdil fikr bildirildi.

Uchrashuvda xalqaro kun tartibining dolzarb muammolariga ham to‘xtalib o‘tildi. Afg‘oniston masalasida SHHT rolini oshirish hamda ushbu mamlakatni infrutazilmaviy rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy dasturlarga faol jalb qilish zarurligi qayd etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti SHHT Bosh kotibi bilan mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi