Minsk shahrida XXYIII xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tarafdan “O‘zbekiston” va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari vakillari ishtirok etishdi.
Yarmarka doirasida bir qator davlat nashriyotlari bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Eron, Turkiya va bir qator davlat nashriyotlari “O‘zbekiston” nashriyoti bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi.


Kitob ko‘rgazmasi yakunida O‘zbekiston delegatsiyasining faol ishtirok etishiga yordam ko‘rsatgan O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi taqdirlandi.
“O‘zbekiston” va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari bilan Belarusning “Belkniga” kitoblar tarmog‘i tashkiloti o‘rtasida memorandum imzolandi.


O‘zA