Yuliya Golubeva: Media loyihalar Özbekiston va Rossiya xalqini yanada yaqinlaştiradi
Özbekiston va Rossiya media hamkorligiga bağişlangan forumda “Gazprom-Media xolding” Boş direktori örinbosari Yuliya Golubeva ikki mamlakat örtasidagi axborot almaşinuvi, qöşma media loyihalar va kino sohasidagi hamkorlik istiqboli haqida söz yuritdi.
Uning taʼkidlaşiça, Özbekistonda raqamli platformalar ommalaşib borayotganiga qaramay, televideniye hamon media isteʼmolining muhim qismi bölib qolmoqda. Tadqiqot natijasiga köra, sörovda qatnaşganlarning 67 foizi televizion kontent tomoşa qiladi, 44 foizi esa televideniyeni eng işonçli axborot manbai deb hisoblaydi.
Golubeva “Gazprom-Media” loyihalari Özbekistonni Rossiya auditoriyasiga tanitişga xizmat qilayotganini qayd etdi. Jumladan, Samarqandda suratga olingan “Omon qoliş” loyihasi, Özbekiston taomlari va meʼmoriy merosiga bağişlangan körsatuvlar, şuningdek voqealari Xivada suratga olingan “Mis quyoş” seriali şular jumlasidan. Zero, mamlakatimiz rossiyaliklar uçun yangi yil sayohati böyiça eng ommabop xorijiy yönalişlardan biriga aylangan.

Şuningdek, ekspert Özbekiston kontentini “Rutube” platformasida joylaştiriş orqali tarğib qiliş, milliy telekanallar, mahalliy film va seriallarni platformaga olib çiqiş böyiça hamkorlikka tayyorlik bildirildi.
Ayni yönalişdagi hamkorlik “Riza Nova” musiqiy ramzi bilan boşlangan. Endi sanʼatkorlar kanalini yaratib, platformadagi iştirokni yanada kengaytiriş rejalaştirilgan.

Kino sohasida ham özaro qiziqiş ortayotgani taʼkidlandi. Rossiya filmlari yurtimiz böylab namoyiş etilayotgani, “Tengiz” özbek kartinasi RF kinoteatrlariga çiqqanini qayd etgan Golubeva kelgusida ikki tomon aktyorlari va suratga oliş guruhlari tomonidan film yaratişni istiqbolli yönaliş sifatida baholadi.
Dilşod Hakimov,
Farhod Abdurasulov (surat),
ÖzA