Qobuljon Ahmedov: Media hamkorlik xalqlar örtasidagi döstlikni mustahkamlaşi kerak
Toşkentda bölib ötayotgan Özbekiston – Rossiya media forumida sözga çiqqan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uçun kontent tayyorlaş markazi direktori Qobuljon Ahmedov mamlakatlar örtasidagi munosabatni rivojlantirişda media hamkorlik muhim örin tutişini taʼkidladi.
Uning fikriça, xalqlar bir-birini tuşunişi nafaqat iqtisodiy kelişuv, balki umumiy tarix, madaniyat va kundalik hayotga qiziqiş orqali ham mustahkamlanadi.
Maʼruzada ikki mamlakat media tuzilmalari örtasida tayyor kontent almaşinuvini tizimli yölga qöyiş, telekanal va raqamli platformalarda qöşma dasturlar namoyiş etiş, birga hujjatli filmlar va boşqa loyihalar işlab çiqişni taklif qildi. Şuningdek jurnalist, rejissyor, operator kabi mutaxassislar uçun stajirovka, mahorat darsi va öquv dasturlari taşkil etiş, sunʼiy intellekt va yangi texnologiyalar böyiça tajriba almaşiş zarurligini qayd etdi.

Markaz direktori rossiyalik hamkasblarni Toşkentda “Özekspomarkaz” majmuasida ötkaziladigan “Toşkent media marketi”ga çorladi. Uşbu maydon professional muloqot olib boriş, yangi hamkorlar topiş, texnologiya almaşiş va yangi qöşma loyihalar boşlaş uçun imkon yaratişi taʼkidlandi.
Qobuljon Ahmedov fikriça, şeriklikning asosiy natijasi tomoşabinda boşqa mamlakatga nisbatan qiziqişni kuçaytirib, öşa el tarixi, madaniyati va bugungi hayoti bilan yaqindan tanişişga undaşi lozim.
Dilşod Hakimov,
Farhod Abdurasulov (surat),
ÖzA