“Muzey – bu o‘tmish bilan bugunni bog‘laydigan tirik ko‘prikdir”, – deya ta’riflaydi tarixchilar. Bugun biz shu ko‘prikning holatini ko‘zdan kechiramiz: O‘zbekistondagi muzeylar qanday ishlayapti? Jahondagi ilg‘or tajribalardan orqada qolmayapmizmi? Raqamlashtirish, interaktiv yondashuvlar, yoshlarni jalb qilish — bu borada muammolar bormi yoki yechimlar topilganmi?

Zero, zamonaviy muzey endi faqat eksponat saqlanadigan joy emas. U — bilim, madaniyat va ijtimoiy tafakkurni shakllantiruvchi maskan. Demak, muzey faoliyatini zamon ruhiga mos holda yangilash, uni hayotga yaqinlashtirish — dolzarb vazifaga aylangan.

Shu ma’noda, bugungi suhbatimizda nafaqat muzeylarning ayni paytdagi holati, balki uning ilmiy, ijtimoiy va ta’limiy funksiyalari haqida ham fikr yuritamiz. 

Bizning mehmonimiz — sohaning chuqur tahlilchisi, muzeyshunoslik ilmida katta tajribaga ega olima, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori tarix fanlari doktori professor Jannat Ismoilova bo‘ldi.

Batafsil video davomida:

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/d82VVlyBfeE" title="O‘zbekiston muzeylari — zamon bilan hamqadammi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston muzeylari — zamon bilan hamqadammi? (+video)