Muzeylar ajdodlardan meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazina. Yillar davomida boyib, to‘lib boraveradigan bu xazina faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina bo‘lib qolmay, uzoq tarix sahifalaridan so‘zlovchi bebaho kitob hamdir.
Zero, har bir davlat taraqqiyot sari odimlar ekan, hamisha tarixga nazar tashlab, mavjud urf-odatlar, an’analar hamda qadimiy yodgorliklarni o‘rganishga va saqlashga intilishi tabiiy. Bu borada esa muzeylarning o‘rni beqiyos. Ular uzoq o‘tmishdan meros bo‘lib kelayotgan madaniyat, ma’rifat, tabiat yodgorliklarining yaxlit tizimga solingan yig‘indisi ekani bilan ham qimmatlidir.
Ana shunday dargohlardan biri madaniy va tarixiy merosining haqiqiy xazinasi — Temuriylar tarixi davlat muzeyidir. Muzey 1996 yilda Amir Temurning 660 yilligi sharafiga ochilgan bo‘lib, muzeyga tashrif buyurgan tomoshabinlar buyuk ajdodlarimizning aql-zakovati, topqirligi va ijodkorligiga, mard va jasurligi hamda tadbirkorligiga oid eksponatlarni ko‘rib yana bir bor uzoq moziyga sayohat qilgandek bo‘ladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Hq5FO57cplA" title="Muzeylar - o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA