Muzeylar o‘tmishdan kelgan tarixiy madaniyat, ma’rifat, tabiat yodgorliklarining yaxlit tizimga solingan yig‘indisidir. U yerdagi yodgorliklar amaldagi qonun-qoidaga muvofiq saqlanadi va namoyish qilinadi.

O‘zbekiston muzeylarining 130 yillik tarixi bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1917 yilgacha Toshkentdagi birinchi va yagona muzey Toshkent muzeyi bo‘lgan.

1917 yildan keyin turli ixtisoslikdagi keng ekspozitsiyalarga ega muzeylar tashkil etilgan. 1918 yil knyaz N.Romanov saroyida uning musodara qilingan kolleksiyasi asosida Badiiy muzey (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi), 1921 yil Eski shahar muzeyi, 1926 yil O‘zbek Eski shahar muzeyi tashkil qilindi.

O‘rta Osiyo muzeyining geologiya, zoologiya, botanika va antropologiya bo‘limlari, Qishloq xo‘jaligi muzeyi va hayvonot bog‘i Tabiat muzeyiga aylantirildi.

Respublika ko‘rgazmalari negizida Politexnika muzeyi (1933), Amaliy san’at muzeyi (1937,1937-1991 yillarda Amaliy san’at asarlari doimiy ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

1940 yilda Toshkent muzeylarida 500 mingga yaqin eksponat bo‘lgan, muzeylarga kiruvchilar soni 300 mingga yaqin kishini tashkil etgan.

Shuningdek, 2-jahon urushi yillarida Markaziy tarix muzeyi, O‘zbekiston san’at muzeyi va Adabiyot muzeyi Tarix, madaniyat va san’at muzeyiga, Politexnika muzeyi Tabiat muzeyiga birlashtirildi. 1940 yillar o‘rtalaridan muzey qurilishida yangi bosqich boshlandi. 1945 yil rus yosh tomoshabinlar teatri eski binosida joylashgan Davlat san’at muzeyi mustaqil muzeyga aylandi.

1972 yil O‘zbekiston kino san’ati muzeyi, 1973 yil O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash muzeyi, 1975 yil Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlari tarixi muzeyi tashkil etildi. 1988 yil Antiqa va zargarlik buyumlari muzeyi ochildi.

1960-1980 yillarda H.Abdullayev, M.Ashrafiy, S.Borodin, Oybek, Fafur Fulom, O‘.Tansiqboyev, Abdulla Qahhor uy-muzeylari va Yu.Fuchik, S.Yesenin muzeylari, Tamaraxonim liboslari doimiy ko‘rgazmasi va boshqalarga asos solindi.

Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova  tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra,  bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 124 ta muzey va uning filiallari faoliyat yuritib kelmoqda.

Shundan 49 tasi asosiy muzeylar, 75 tasi filiallardir. Muzeylarning 7 tasi muzey-qo‘riqxonalar hisoblanadi.

So‘nggi 4 yil davomida yana 11 ta yangi muzey tashkil etildi. (Mo‘ynoq Ekologiya muzeyi, Shahrisabz shahridagi «Maqom muzeyi», Erkin Vohidov uy-muzeyi, Mutal Burhonov uy-muzeyi, Xaziniy uy-muzeyi, Abdulla Qodiriy me’morial muzeyi, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li yodgorligi muzeyi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi, Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi, Toshkent tuman tarixi muzeyi).

Respublika muzeylari fondlarida jami 2 553 056 ta muzey ashyolari va kolleksiyalari mavjud bo‘lib, shundan 1 928 012 ta asosiy fondda, 625 044 ta ilmiy-yordamchi fonddagi muzey ashyolari va kolleksiyalaridir. Saqlanayotgan eksponatlarning 112 mingtasi nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida noyob hisoblanadi. Muzeylarimizda jami 2 ming 903 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘tgan 2021 yilda 2 ming 713 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar, 730 ta ko‘rgazmalar tashkil etilgan.

Ko‘rgazmalarning 498 tasi muzeylarda, 232 tasi muzeydan tashqarida o‘tkazilgan. Muzeylar tomonidan mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarga jami 8 milliarddan ziyod miqdorda pullik xizmat ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston muzeylari yagona portali yaratilib, hozirgi vaqtda 26 ta muzey to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan. Ayni paytda 12 ta muzeylarning ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda. Joriy yilning yakuniga qadar 12 ta muzey ma’lumotlari yagona portalga kiritilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun 18 may kuni O‘zbekistondagi barcha muzeylarda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi.  Yurtimiz bo‘ylab barcha muzeylarda Xalqaro muzeylar kuni keng nishonlanadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston muzeylari – madaniyat, ma’rifat, tabiat yodgorliklarining yaxlit tizimga solingan yig‘indisi