| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
O‘zbekiston – Ispaniya: o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov va Ispaniya Qirolligining savdo bo‘yicha Davlat kotibi Shiana Mendes o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokara bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Ispaniya hukumati va ishbilarmon doiralarining O‘zbekistonga qiziqishi tobora ortib borayotgan bir sharoitda ikki tomonlama hamkorlik istiqboli porloq ekanini e’tirof etdi. “Pandemiya tufayli o‘tgan yil jahon iqtisodiyoti uchragan inqirozdan so‘ng biz savdo-iqtisodiy aloqalarni qat’iyat bilan rivojlantirish vaqti keldi, deb hisoblaymiz”, deya qayd etdi Mendes.

Ispaniya hukumati Ispaniya sanoat, savdo va turizm vazirligi huzuridagi Korxonalarni internatsionalizatsiya qilish jamg‘armasi (FIEM) liniyasi hisobiga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish orqali Ispaniya kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga tayyor ekani ma’lum qilindi. Jumladan, Ispaniyaning “Talgo” kompaniyasi tezyurar elektr poyezdlari, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotiv va vagon parkining ishonchli hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ispan ishlab chiqaruvchilarining sinov uskunalari yetkazib berish rejasi bayon qilindi.

Uchrashuv davomida 2021 yilning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Ispaniya Hukumatlararo komissiyasi birinchi ta’sis yig‘ilishini o‘tkazish masalasi ham ko‘tarildi.
Muzokara natijasida qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari sanoati, farmatsevtika, energetika, turizm kabi sohalarda aniq loyihalar doirasida o‘zaro sheriklik istiqbolini muhokama qilish maqsadida “B2B” shaklida Ispaniya ishbilarmonlari ishtirokida O‘zbekistonda bir qator tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishildi.

O‘zA
Muallif: uza




