O‘zbek shoirasining she’rlari Kolumbiyada yangraydi
Futbol bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston futbolchilari dastlab Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Oradan ikki hafta o‘tib esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Xosiyat Rustamova — Kolumbiyaning Medelin shahrida o‘tadigan 36 - Xalqaro adabiy festival sahnasiga yurtimizning she’riyatdagi ovozi bo‘lib O‘zbekiston nomini olib chiqadi.


Bir qaraganda, bu ikki voqea bir-biridan uzoqdek tuyuladi. Birida to‘p, ikkinchisida esa so‘z. Biri stadion, ikkinchi she’riyat minbari. Ammo ularni birlashtirib turgan yagona haqiqat bor: har ikkisida ham Vatanimiz nomi dunyo sahnasida yangraydi. Futbolchi ham, shoir ham mamlakat bayrog‘i, shon - shuhrati, millat ruhi, tarixi va buguni, orzu - intilishlarini namoyon etadi.
Albatta, gollar xalqni quvontirgani kabi she’rlar ham o‘z o‘rnida uning qalbi va ruhiyatiga kuch-qudrat, nur bag‘ishlaydi. Maydonlar boshqa - boshqa. Ammo maqsad bitta - Vatanni munosib tanitish.
N.Usmonova,
O‘zA