O‘zbek polvonlari yana bir turnirda shohsupaga ko‘tarildi
Xitoyning Sian shahrida o‘tkazilgan sport kurashlari bo‘yicha “Central Asia Elite Wrestling Tournament” musobaqasida mamlakatimiz polvonlari munosib ishtirok etib, 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 9 ta medalga ega chiqdi.
Turnir davomida vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan Aktenge Keunimjayeva, -74 kg.da Begijon Qo‘ldoshev va 97 kilogrammli polvonlar orasida Sherzod Poyonov barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Finalga qadar o‘tgan bellashuvlarda Sanjarbek Rustambekov (65 kg) va Namoz Abdurashidov (125 kg) muvaffaqiyatli ishtirok etdi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, o‘z vaznlarida Nodirbek Jumanazarov, Muhammadrasul Qo‘ldoshev, Bobur Islomov hamda Sardorbek Xolmatov bronza medali uchun kechgan bahslarda g‘alaba qozondi va uchinchi pog‘onadan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA