Rossiyaning Qozon shahrida tatar koreshi sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan "Koresh Belt Wrestling World Championship" musobaqasida polvonlarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqaning jamoaviy bahslarida Nodirbek Abdumalikov (65 kg.), Samandar Anvarov (75 kg.), Ilhomjon Mashrapov (85 kg.), Husniddin Ro‘ziyev (100 kg.) va Azamjon Anvarjonov (+100 kg.) kabi polvonlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirok etdi va barcha raqib terma jamoalarni yenggan holda shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, terma jamoamiz tarkibidan o‘rin olgan mazkur polvonlar belbog‘li kurash vakillari hisoblanadi va ushbu sport turida ham bir qator nufuzli musobaqalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polvonlarimiz nufuzli turnirda g‘olib bo‘ldi