Polvonlarimiz xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatida yunon-rum kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasida “KARSHI OPEN” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarda yurtimiz polvonlari hamda qo‘shni davlat sportchilari kuch sinashdi.
Nufuzli musobaqaning vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida poytaxt sharafini himoya qilgan Islom Bahromov final bosqichida barcha raqiblari ustidan zafar quchgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu vazn toifasida Xurshid Normuhammadov (SSHOR) kumush, Muzaffar Nurullayev (Qarshi) va Feruz To‘xtayev (Buxoro) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, Og‘abek Muqimov (Toshkent viloyati), Ilyos Abdunazarov (Toshkent viloyati), Rahimjon Uzoqov (SSHOR), Abduqodir Jalilov (Qarshi) va Islom Rahmatov (Navoiy) kabi iqtidorli yunon-rum kurashi ustalari o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA