O‘zbek maqom san’atini dunyo tan olmoqda... (+video)
O‘zbek maqom san’ati o‘zining qadimiy tarixi, falsafiy teranligi va betakror ijro uslubi bilan bugungi kunda xalqaro miqyosda keng e’tirof etilmoqda va jahon madaniy merosining ajralmas qismiga aylanmoqda.
Bugungi kunga kelib AQSH, Yevropa va Osiyoning yetakchi konservatoriyalari hamda musiqa akademiyalarida o‘zbek maqomi maxsus yo‘nalish va tadqiqot mavzusi sifatida o‘rganilmoqda. Maqom kuylari xalqaro striming platformalariga joylashtirilib, global tinglovchilar auditoriyasini kengaytirmoqda.
Lavhamiz davomida O‘zbekiston xalq artistlari Ilyos Arabov va Yulduz Turdiyeva maqom san’atiga bo‘lgan e’tibor, o‘zbek san’atining xalqaro san’at maydonidagi o‘rni va mukofot olish mas’uliyati haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA