"OYAK" rahbari Özbekistonga investitsiya kiritişning uçta sababini aytdi
Mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxşilaş, xorijiy sarmoyadorlarga qulay şaroitlar yaratiş, xususan, maxsus iqtisodiy zonalarda keng imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiş borasidagi islohotlar izçil davom ettirilmoqda.
Bu esa xorijiy investorlarning Özbekistonga bölgan qiziqişini oşirib, yangi hamkorlik aloqalari va istiqbolli loyihalar uçun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
– Biz bundan buyon ham mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxşilaş, tadbirkorlar uçun ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan islohotlarni izçil davom ettiramiz, – deya taʼkidladi davlatimiz rahbari 19-noyabr kuni Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişida.
Mazkur islohotlar va yaratilayotgan şaroitlar xorijiy kompaniyalarning yurtimizga bölgan işonçini mustahkamlamoqda. Buni Özbekistonda öz faoliyatini kengaytiriş, yangi loyihalarga sarmoya kiritişga intilayotgan turkiyalik işbilarmonlar misolida ham yaqqol köriş mumkin.
– Biz Turkiyaning yirik sanoat guruhlaridan biri sifatida Özbekistondagi birodarlarimiz bilan hamkorlikni yanada rivojlantirişni istaymiz, – dedi Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi ijroçi direktori Murat Yalçintaş. – Özbekistonni sarmoya kiritiş uçun jozibador qilayotgan uçta asosiy omil mavjud.
Avvalo, mamlakatdagi barqarorlik va işonçli muhit. Özbekiston Markaziy Osiyodagi yetakçi va jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri sifatida alohida öringa ega. Bu yerdagi siyosiy hamda iqtisodiy barqarorlik investorlar uçun hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Ikkinçisi, Özbekistonning qulay geografik joylaşuvi. Biz mamlakatni nafaqat içki bozor, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga çiqiş uçun strategik markaz sifatida köramiz. Özbekiston orqali mintaqaviy bozorlarga kiriş, yangi işbilarmonlik aloqalarini yölga qöyiş va savdo kölamini kengaytiriş mumkin.
Uçinçisi esa biz uçun beqiyos qadrga ega bölgan tarixiy va maʼnaviy yaqinlikdir. Ajdodlarimiz şu zamin bilan boğliq. Şu bois Özbekistonga kelganimizda özimizni begona yurtda emas, balki tarixiy ildizlarimiz tutaşgan maskanda his qilamiz. Bu hamkorligimizga özgaça ruh va teran mazmun bağişlaydi.
Şu sababli Özbekistondagi faoliyatimizni kengaytiriş, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etiş va mahalliy hamkorlar bilan birgalikda işlaşdan manfaatdormiz.
Ayni paytda Buxoro va Toşkent şaharlarida yirik loyihalar ustida iş olib bormoqdamiz. Jumladan, zavod qurilişi hamda kimyo sanoati yönalişlarida qator istiqbolli taşabbuslarimiz bor.
Videosi quyida:
Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOYEV (surat),
ÖzA