Otinoyilar «Zakovat»da bellashishdi
Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi tizimida faoliyat yuritayotgan otinoyilar ishtirokida «Zakovat» intellektual turniri o‘tkazildi. «Vaqf xayriya» jamoat fondining Sirdaryo viloyati filiali tomonidan tashkil etilgan bellashuvdan maqsad otinoyilarning bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazish, ular o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar turli savol va topshiriqlar asosida o‘z bilimlarini namoyon etib, mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.


Turnir yakuniga ko‘ra, «Zehniya» jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. «Ақида» jamoasi ikkinchi, «Fiqh» jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindor jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri