AOKAda o‘tkazilgan brifingda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ogulnur Atayeva investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan asosiy vazifalar yuzasidan ma’lumot berdi. 2024 yil yakuni bilan 34,8 mlrd. dollar xorijiy investitsiyalar (o‘sish 1,6 barobar), shundan 31,8 mlrd. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Tarmoq loyihalarida 17,8 mlrd. dollar va hududiy loyihalarda 17 mlrd. dollar o‘zlashtirildi. 2024 yil yakuni bilan Xalqaro moliya institutlari hamda Xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining 3 mlrd. dollar mablag‘i o‘zlashtirildi (105 foiz). 2024 yilda jami 730 ta sanoat zonalarida qiymati 12,4 trln. so‘m bo‘lgan 832 ta loyiha, shu jumladan, qiymati 9 trln. so‘mlik 60 ta loyiha Maxsus iqtisodiy zonalarda ishga tushirildi. Respublikada tovar va xizmatlar eksporti 19,3 mlrd. dollarni (maxsus eksportsiz) tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 116 foizga o‘sdi.
Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlarning 8 foizga yoki 598 mln. dollarga hamda xizmatlar eksporti 28 foizga yoki 1,6 mlrd. dollarga o‘sishi kuzatildi. Eksport faoliyatiga 3 143 ta yangi korxona jalb etilib, ular tomonidan 1,4 mlrd. dollarlik eksport ta’minlandi. Natijada, jami eksportchi korxonalar soni 7 mingtaga yetkazildi. Hisobot yilida 55 ta davlatga 58 turdagi yangi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA