Osiyo Kubogi – 2027: O‘zbekiston terma jamoasi o‘z raqiblarini bilib oldi
Qit’aning eng nufuzli futbol forumi 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraliga qadar Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkaziladi.
Saudiya Arabistonining tarixiy Diriya mintaqasida joylashgan muhtasham Salva saroyida futbol bo‘yicha 2027-yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qit’aning eng nufuzli futbol forumi 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraliga qadar Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkaziladi. Marosimda Osiyo futboli afsonalari — yaponiyalik Hidetoshi Nakata hamda saudiyalik Salem Al Dovsari ishtirok etib, jamoalarni guruhlarga taqsimlashda bosh-qosh bo‘lishdi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi so‘nggi yillardagi barqaror va yuqori natijalari evaziga qur’a oldidan eng kuchli jamoalar safida, ya’ni 1-savatdan joy oldi. Qur’a natijalariga ko‘ra, hamyurtlarimiz "B" guruhida "yetakchi" maqomida bahslarga kirishadigan bo‘ldi.
Qur’a natijalariga ko‘ra guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
Guruh | Jamoalar |
|---|---|
"A" guruhi | Saudiya Arabistoni, Quvayt, Ummon, Falastin |
"B" guruhi | O‘ZBEKISTON, Bahrayn, KXDR, Iordaniya |
"C" guruhi | Eron, Suriya, Qirg‘iz Respublikasi, Xitoy |
"D" guruhi | Avstraliya, Tojikiston, Iroq, Singapur |
"E" guruhi | Janubiy Koreya, BAA, Vetnam, Livan/Yaman |
"F" guruhi | Yaponiya, Qatar, Tailand, Indoneziya |