Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisi faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin
«Qizil iblislar» himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va janubiy koreyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishda davom etmoqda.
«Bavariya» markaziy himoyachisi Kim Min Je hamon «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
«Qizil iblislar» himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va janubiy koreyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishda davom etmoqda.
Biroq futbolchining o‘zi hozircha Myunxenda qolishni afzal ko‘rmoqda.
Transfermarkt ekspertlari Kim Min Jening bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda. 29 yoshli himoyachining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
«Napoli»ning sobiq yulduziga Turkiyaning «Fenerbahche», Italiyaning «Yuventus» va Angliyaning «Aston Villa» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.