"Liverpul" iste'dodli vingeriga yangi shartnoma taklif qildi
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi.
«Liverpul» istiqbolli vinger Rio Ngumoa bilan yangi shartnoma tuzishga umid qilmoqda. Transfer News Live TEAMtalk nashriga tayanib xabar berishicha, 17 yoshli futbolchi bilan muzokaralar allaqachon boshlangan.
29-avgust kuni 18 yoshga to‘ladigan Ngumoa bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuv aynan tug‘ilgan kunidan keyin e’lon qilinishi mumkin.
Yangi bitimga ko‘ra, angliyalik futbolchining maoshi sezilarli darajada oshiriladi. Shuningdek, shartnomaga o‘tkazgan o‘yinlari soni va Angliya terma jamoasidagi ishtiroki bilan bog‘liq turli bonuslar ham kiritiladi.
Qayd etilishicha, «Liverpul» Ngumoani o‘z avlodining eng iqtidorli futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi.