Xalqimizning farovon hayoti, rizq-ro‘zi manbai va mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojining tayanchi bo‘lgan ona yerimizni asrab-avaylash, yer resurslaridan oqilona foydalanish, uni turli xil salbiy ta’sirlardan muhofaza qilish shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan 22-aprel -Butunjahon yer kuniga bag‘ishlangan tadbirlar, aksiyalar oliy o‘quv yurtlarida ham tashkil etildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyasiga muvofiq, ushbu bayram sanasi ona sayyoramiz hamda uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiati bilan bashariyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari orasida adolatli muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, odamzot va sayyora o‘zaro uzviy hamohanglikda yashashining ahamiyatini har bir shaxs ongiga yetkazilishini maqsad qilgan.

Farg‘ona politexnika institutida bo‘lib o‘tgan tadbirda talabalar, professor-o‘qituvchilar, kadastr tizimi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda yerdan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylash alohida qayd etildi. Tashkil etilgan ko‘rgazmalarda kadastr sohasiga oid zamonaviy texnikalar va ularning tarixi haqida ma’lumotlar berildi. "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"da Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodirjon Mashrapov barchani Butunjahon yer kuni bilan tabrikladi hamda sohadagi islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Muloqot rasmiyatchilikdan xoli bo‘lib, dildan suhbat qurildi, yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi. Kadastr boshqarmasi va Farg‘ona politexnika instituti o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida takliflar inobatga olinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona yerni asrash har birimizning burchimizdir