Ona tilim — millat faxri, g‘ururim!
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganining 37 yilligi munosabati bilan “Hunarmand” uyushmasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari o‘rtasida “Ona tilim — millat faxri, g‘ururim!” shiori ostida ommaviy diktant tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Davlat tili — milliy o‘zlikni anglash, ma’naviyatni yuksaltirish va mamlakat istiqbolini belgilashda eng muhim omil. Bugungi globallashuv davrida ona tilimizning sofligini saqlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida yozma nutq madaniyati va savodxonlik darajasini yuksaltirish ustuvor vazifalardan biriga aylandi.

Davlat tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish, xodimlarning o‘zbek tilida savodli yozish ko‘nikmalarini mustahkamlash, ona tilimizning nufuzini oshirish hamda uning sofligini asrab-avaylash maqsadida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo qoidalariga rioya etish, yozma nutq savodxonligini oshirish, davlat tiliga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatni kuchaytirishga qaratildi.

Qayd etilganidek, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirish hamda ona tilimizga bo‘lgan mehr va e’tiborni oshirishga xizmat qiladi.
G.Boboyeva, O‘zA