Oliy ta’lim olish – bu shunchaki oliygohga kirish yoki diplom olish emas. Bu insonning hayotda tutgan o‘rni, jamiyatdagi ahamiyati va kelajakdagi yo‘nalishini belgilovchi muhim bosqichdir. Bugun mamlakatimizda oliy ta’limga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshgan. Bu esa bir tomondan quvonarli holat bo‘lsa, boshqa tomondan chuqurroq tahlil va mas’uliyatli yondashuvni talab etadi. Ayniqsa, to‘g‘ri kasb tanlovi, jamiyatga foydali bo‘lish va mehnat bozoridagi muvozanat nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish zarur.

Oliy ma’lumot inson uchun ko‘plab eshiklarni ochadi. Masalan: bilim olish, ilmiy izlanish olib borish, ijtimoiy mavqe orttirish, muloqot davrasini kengaytirish, xorijda o‘qish yoki ishlash kabi yo‘llar aynan oliy ta’lim asosida shakllanadi. Biroq bu imkoniyatlar faqat diplom egasiga emas, bilimi, tajribasi, kasbiga sadoqatli bo‘lgan shaxslargagina xizmat qiladi.

Afsuski, ayrim yoshlar hali ham oliy o‘quv yurtiga kirishni “maqom”, “jamiyatda tan olinish” vositasi sifatida qabul qilmoqda. Bunday qarash esa nafaqat o‘zini, balki o‘qish jarayonida imkoniyatlarni, vaqtni va davlat mablag‘larini samarasiz ishlatishga olib keladi.

Bugun mamlakatimizda yuzaga kelayotgan muhim muammolardan biri   yoshlarning kasb tanlashdagi noto‘g‘ri yondashuvidir. Ota-onaning bosimi, jamiyatdagi stereotiplar yoki mashhurlikka ergashish oqibatida ko‘plab yoshlar o‘z qiziqishlariga mos bo‘lmagan sohalarda tahsil olmoqda. Natijada o‘qishni bitirgach, o‘z sohasida ishlamaydi yoki umuman boshqa sohaga o‘tishga majbur bo‘ladi.

Haqiqiy oliy ma’lumot – bu insonni o‘z kasbiga fidoyi, ijodkor va jamiyatga foydali shaxsga aylantiradi. Tibbiyot yo‘nalishini tugatgan shaxs bemorlarga yordam beradi, jurnalist – haqiqatni yoritadi, muhandis – ixtiro qiladi, o‘qituvchi esa avlodlar tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun ham har bir oliy ma’lumotli inson o‘z sohasida mutaxassis bo‘lishi va jamiyatga amalda foyda keltirishi lozim.

O‘zbekistonda har yili 200 mingdan ortiq talaba oliy ta’lim muassasalarini tamomlaydi va mehnat bozoriga kirib keladi. Ammo hammasi ham o‘z mutaxassisligidan kelib chiqib faoliyatini davom ettiryaptimi, yo‘qmi bu alohida masala.

Hozirda mamlakatimizda yoshlarning bandligini ta’minlash borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, talabalarning bandligini ta’minlash maqsadida universitet va tashkilotlar bilan hamkorlikda Kar’era markazlari tashkil etilgan. Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Milliy vakansiyalar bazasida (ish.mehnat.uz) “Talabalar uchun ish” alohida funksionali joriy etilgan.

Bu kabi shart-sharoitlar nur ustiga a’lo nur, albatta. Lekin hozirgi zamonda ko‘pchilik oliygohda tahsil olishi mumkin va shuning uchun ham ish masalasida faqatgina diplom bilan emas salohiyat, bilim va ko‘nikmalar kabi jihatlar ham inobatga olinadi. Shuning uchun, har bir bakalavriat yoki magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalar avvalo yo‘nalishni o‘zi uchun yaxshilab tanlab olishi kerak. Oliy ta’lim – bu nafaqat bilim olish, balki tanlagan yo‘nalishida jamiyatga foyda keltirishdek yuksak maqsadni ko‘zlash. Inson o‘z kasbini to‘g‘ri tanlasa, o‘zini unda topsa va sadoqat bilan harakat qilsa, nafaqat o‘zining, balki butun jamiyatning taraqqiyotiga hissa qo‘shadi. Diplom – shunchaki qog‘oz emas, u orqali jamiyat oldidagi mas’uliyat boshlab beriladi. Shunday ekan, har bir talaba, har bir yosh diplomni emas, diplom orqali jamiyatga xizmat qilish g‘oyasini maqsad qilishi zarur.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ma’lumot maqom emas, mas’uliyatli yo‘l tanlovi