Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Natlib.uz veb-portalida imkoniyatlar juda keng.

Karantin davrida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va uning tizimidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar hamda tuman axborot-kutubxona markazlari kutubxonalari mutaxassislari axborot texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda, imkon qadar barcha xizmatlarni onlayn bajarmoqda. 

Hattoki, bir necha bor Zoom platformasida uchrashuvlar ham oʻtkazildi, kitobxonlar bilan sevimli kitoblar haqida suhbatlashildi, kutubxonada til oʻrganuvchi yoshlarni birlashtirib, ularning ingliz tilida olib borgan muloqot guruhlarini (Conversation club) birlashtirib kitob mavzulariga bagʻishlangan debatlarni davom ettirishlarida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi amaliy koʻmak bermoqda.

Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Natlib.uz veb-portalida imkoniyatlar juda keng. Hozirgi kunda Natlib.uz veb-portalida 66585 dan ziyod elektron kitoblarning toʻliq matnli bazasi mavjud boʻlib, bosqichma-bosqich kitoblarning elektron shakllari kiritilmoqda. Foydalanuvchilar masofadan turib Natlib.uz portali orqali oʻzlariga kerakli boʻlgan adabiyotlarni qidirib, elektron koʻrinishida mutolaa qilishlari mumkin. Kutubxonaga onlayn aʼzo boʻlish, masofadan elektron katalog orqali kitob qidirish hamda toʻliq matnli kitoblarni mutolaa qilish yoʻriqnomasi media.natlib.uz saytida joylashgan.

Bundan tashqari, ushbu portalda Siz nafaqat badiiy kitoblar balki, boshqa elektron resurslar bazalari bilan tanishib, ulardan ilmiy va tadqiqot ishlarida ham foydalanishingiz mumkin, Bular:

diss.natlib.uz –dissertatsiyalar va avtoreferatlar,

press.natlib.uz –gazeta va jurnallar,

nodir.natlib.uz –qoʻlyozma va nodir nashrlar,

qr.natlib.uz – QR-kodli darslik, oʻquv qoʻllanma va badiiy adabiyotlar,

media.natlib.uz –audio va video materiallar.

Bu hali hammasi emas, kitobxonlarimiz orasida yoshi ulugʻ insonlar, koʻzlari xiralashgan nuroniylar yoki kitob oʻqishni emas, shunchaki tinglashni xush koʻradiganlar uchun ham audiokitoblar yaratilgan. Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining media markazi multimedia studiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanib, bu yerda kutubxona mutaxassislari talabgir kitoblarni oʻqib https://media.natlib.uz/audio portaliga va https://t.me/audiokitob_natlibuz telegram kanalida sara asarlarning audio shakli va buktreylerlarni yuklab bormoqdalar.

Xulosa qilib aytish mumkinki, tobora ortib borayotgan kitobga boʻlgan talab va kitobxonlikka boʻlgan eʼtibori yurtdoshlarimiz ekanligidan faxrlanamiz va mana shu faxr bizni tarbiyalaydi. Oʻz tariximizga, Vatanimizga, xalqimizga mehrimiz yana-da ortadi. Kitobning buyuk tarbiyachi ekanligiga amin boʻlamiz.

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:

????https://www.facebook.com/NationalLibraryOfUzbekist...

????https://www.instagram.com/natlib_official/

????https://twitter.com/of_uzbekistan

????https://www.youtube.com/user/natlibuz

????https://t.me/natlibuz

????https://t.me/kitoboqiuz

????https://t.me/video_natlib_uz

????https://t.me/audiokitob_natlibuz

????https://t.me/gramplastinka_natlibuz

???? https://t.me/audioknigi_media_natlib

Gulbahor Qobiljonova , Alisher Navoiy nomidagi 
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Ixtisoslashtirilgan 
fond va majburiy nusxalarni saqlash xizmat rahbari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi : onlayn mutolaadan, onlayn suhbatgacha...