Navoiyxonlik tadbirlari
Nukus shahridagi 32-umumta’lim maktabida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 575-yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy – she’riyat dahosi” mavzuida adabiy-ma’rifiy tadbirlar, navoiyxonlik kechalari tashkil etilmoqda.
Nukus shahridagi 32-umumta’lim maktabida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 575-yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy – she’riyat dahosi” mavzuida adabiy-ma’rifiy tadbirlar, navoiyxonlik kechalari tashkil etilmoqda.– Yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz, xususan, ona tilimizga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirishda Alisher Navoiy ijodi alohida ahamiyat kasb etadi, – deydi o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Irisgul Primjarova. – Ulug‘ shoir hayoti va boy adabiy merosini yoshlar katta qiziqish bilan o‘rganmoqda. O‘quvchilar o‘rtasida g‘azal va ruboyilarni ifodali o‘qish va shoir ijodiga oid insho yozish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilmoqda.