Navbatçi askar Xegsetni ogohlantirdi
Arlington milliy qabristonida Veteranlar kunini xotirlaş marosimidan söng esdalik uçun suratga tuşayotganda şovqin kötargan AQŞ mudofaa vaziri Pit Xegset va uning hamrohlari navbatçi askar tomonidan "jim turiş" töğrisida ogohlantirildi.
“Anadolu” yozişiça, tadbirdan söng nomaʼlum askar yodgorligi oldida esdalik uçun suratga tuşgan yuqori martabali mulozim va uning hamrohlari hududni tark eta turib, baland ovozda kulib, gaplaşib ketayotganda navbatçi askarning ovozli ogohlantirişiga duç kelgan.
Guruhdan kötarilgan qahqaha ortidan darhol oddiy harbiy xizmatçining "Barça taşrif buyuruvçilar har doim sukunat va hurmat muhitini saqlaydilar", – deya baland ovozda qilgan ogohlantirişi kameralarda aks etdi.
Ijtimoiy tarmoqda Xegset va uning hamrohlari qiliğiga munosabat bildirgan köplab foydalanuvçilar harbiy yodgorlik yonida hamma hurmat saqlaşi kerakligi haqida izoh qoldirgan.
A. Mamatov, ÖzA