Rossiya Afğonistonga don, dori-darmon va uskuna yetkazib beradi
Rossiya kompaniyalari Afğonistonga don, un, dori-darmon va energetika uskunalari yetkazib beriş böyiça yirik şartnomalar imzoladi.
Bu haqda Rossiya Boş vaziri örinbosari Aleksey Overçuk Kobulga taşrifi yakuni böyiça maʼlum qildi. Uning sözlariga köra, kelişuvlar farmatsevtika mahsuloti, tibbiy buyum, oziq-ovqat va energetika uskunalarini qamrab olgan.
Taşrif davomida ikki mamlakat örtasida qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosini kengaytiriş masalasi ham muhokama qilindi. Xususan, Rossiya Afğonistonga mahsulot yetkazib beriş bilan birga Afğonistondan meva va sabzavot import qilişni ham rejalaştirgan. Ayni payt Rossiya bozorida afğon mahsulotlari turi köpaymoqda. Şuningdek, tomonlar Afğoniston energetika tizimini takomillaştiriş, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça ham hamkorlik qiliş masalasini körib çiqqan. Rossiya Markaziy Osiyoda tinçlik va farovonlikni taʼminlaş yölida hamkorlikka tayyorligini bildirgan.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA