Kuşner Ukraina böyiça keyingi muzokarada Yevropa ham iştirok etişini taʼkidladi
– Keyingi muzokara bosqiçini Yevropadagi hamkorlarimiz bilan kengaytiriş töğrisida kelişuvga erişdik, deb yozdi ijtimoiy tarmoq sahifasida AQŞ Prezidenti elçisi Jared Kuşner Abu-Dabi, Moskva va Dublindagi uç kunlik diplomatik aloqalarni sarhisob qilar ekan. – Bu bizga uruşdan keyingi Yevropa xavfsizligi mavzusini kengroq kölamda muhokama qiliş imkonini beradi.
U harbiy harakat töxtatilişi işonçli xavfsizlik kafolatini taʼminlaş, mojaroning oldini oliş mexanizmini yaratiş va töqnaşuv qayta boşlanişiga yöl qöymaslik böyiça özaro majburiyat talab qilişini taʼkidladi. Şuningdek, keyingi muzokara jadvali va tafsilotini aytişga vaʼda berdi.
– Tez orada muzokara yönalişi, jadvali va qöşimça tafsiloti eʼlon qilinişini kutyapmiz, – degan u. – Rossiya va Ukraina örtasida eng köp mahbuslar almaşinuvi taşabbusi ustida ham iş olib borilyapti.
Tinçlik jarayonining bir qismi sifatida yangi uçraşuvni AQŞ Prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff ham maʼlum qilgan, ammo kim bilan va qaçon bölib ötişi aniq aytilmagan.
– Yana bir uçraşuv rejalaştirilgan, – dedi Uitkoff Irlandiyada Vladimir Zelenskiy bilan uçraşuvdan söng jurnalistlarga.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin payşanba kuni Kremlda AQŞ Prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner bilan uçraşdi. Muloqotdan söng RF yetakçisining yordamçisi Yuriy Uşakov Yevropa mamlakatlari Ukraina bilan muzokara jarayonida iştirok etişga harakat qilayotgani, biroq ular uruş yoki tinçlikni xohlaşini aniq belgilab olişlari kerakligini aytdi. Şuningdek, Yevropa hozirgaça amalga oşirgan barça amaliy harakat mojaroni davom ettiriş istagini körsatayotganini taʼkidladi.
S.Rahimov, ÖzA