Natija va muammolar tanqidiy muhokama qilindi
Sirdaryo viloyatida sport sohasida erişilayotgan natijalar, mavjud muammolar va ularning yeçimiga qaratilgan vazifalar Sport vaziri örinbosari Şahrullo Mahmudov iştirokida ötkazilgan yiğilişda tanqidiy muhokama qilindi. Unda viloyatda sportni rivojlantiriş uçun yaratilgan imkoniyatlardan foydalaniş holati, sport taʼlimi muassasalari, federatsiyalar va murabbiylar faoliyati, şuningdek, sportçilarning musobaqalardagi natijalari atrofliça körib çiqildi.
Yiğilişda Sport boşqarmasi, Özbekiston Milliy olimpiya qömitasining viloyat bölimi, Özbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasining viloyat bölimi, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi hamda ixtisoslaştirilgan sport maktablari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Muhokamalarda ayrim yönalişlarda mavjud imkoniyatlardan yetarliça foydalanilmayotgani, sportçilar tayyorgarligi va musobaqalardagi natijadorlikni oşiriş zarurligiga eʼtibor qaratildi. Masʼul rahbarlar oldiga sohadagi kamçiliklarni aniqlaş, ularni bartaraf etiş va faoliyat samaradorligini oşiriş böyiça aniq vazifalar qöyildi.
Xususan, «Prezident olimpiadasi» respublika bosqiçida Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi sportçilari 13 ta medalni qölga kiritişgan. Musobaqada 72 nafar sportçi, jumladan, 26 nafar qiz iştirok etgan. Jami medallardan 4 tasi oltin, 3 tasi kumuş va 6 tasi bronzani taşkil etgan. Natijadorlik körsatkiçi esa 18,06 foizga teng bölgan.
Sport turlari kesimida suziş böyiça 4 ta, erkin kuraş va velosportning trek yönalişi böyiça 3 tadan, dzyudo, taekvondo WT hamda stol tennisi böyiça 1 tadan medal qölga kiritilgan. Ayniqsa, ayrim sport turlaridagi natijalar bilan bir qatorda, medalsiz qolgan yönalişlarda tayyorgarlik holatini çuqur tahlil qiliş zarurligi taʼkidlandi.
Yiğilişda natijadorlikni oşiriş böyiça amaliy takliflar ham körib çiqildi.
Jumladan, medal olinmagan sport turlarida tayyorgarlik holatini tahlil qiliş, yuqori natija körsatgan sport turlari tajribasini ommalaştiriş, sportçilarning individual tayyorgarlik rejalarini kuçaytiriş, murabbiylar faoliyati va musobaqa natijalarini muntazam monitoring qiliş belgilandi. Şuningdek, vazir örinbosari tomonidan sport infratuzilmasini rivojlantiriş, sport taʼlimi sifatini oşiriş, sportçilar va murabbiylarni qöllab-quvvatlaş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş yuzasidan masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Yiğiliş davomida fuqarolar murojaatlari ham tinglandi. Kötarilgan masalalarni amaldagi qonunçilik talablari asosida örganiş, ularning yeçimi böyiça masʼul taşkilotlar bilan hamkorlikda zarur çoralar köriş vazifasi belgilandi.
[gallery-32597]
Taşrifning ikkinçi yarmida Şahrullo Mahmudov sportçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar va maşğulotlar jarayoni bilan tanişdi. Jumladan, dzyudo, badminton, oğir atletika, stol tennisi hamda taekvondo WT sport turlari böyiça maşğulotlarni kuzatdi.
Sportçilar va murabbiylar bilan muloqotda maşğulotlar sifati, mavjud şaroitlar, erişilayotgan natijalar va kelgusi rejalar muhokama qilindi. Sportçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, murabbiylar masʼuliyatini oşiriş, iqtidorli yoşlarni saralaş va ularni professional sportga yönaltiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (suratlar) ÖzA muxbirlari