Abbosbek Fayzullayevning jarohati böyiça tibbiy tekşiruv natijalari maʼlum böldi
17-noyabr kuni ötkazilgan xalqaro örtoqlik uçraşuvida jarohat sabab maydonni tark etgan futbolçi terma jamoa tibbiy ştabi tomonidan çuqurlaştirilgan tekşiruvdan ötkazildi.
Özbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyaçisi Abbosbek Fayzullayevning Saudiya Arabistoniga qarşi uçraşuvda olgan jarohati yuzasidan dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi.
17-noyabr kuni ötkazilgan xalqaro örtoqlik uçraşuvida jarohat sabab maydonni tark etgan futbolçi terma jamoa tibbiy ştabi tomonidan çuqurlaştirilgan tekşiruvdan ötkazildi. Tekşiruv natijalariga köra, Fayzullayevning öng oyoği töpiq qismida şikastlaniş aniqlangan.
Ayni paytda Özbekiston terma jamoasi va futbolçining klubi tibbiy ştablari uning soğliğini tiklaş böyiça hamkorlikda iş olib bormoqda. Yarim himoyaçining imkon qadar tezroq safga qaytişi uçun zarur muolajalar boşlangan.
Hozirça Abbosbek Fayzullayevning tiklaniş muddati haqida aniq maʼlumot berilmagan.