«Nasaf»ning taqdiri Abu-Dabida hal böladi
Osiyo çempionlar ligasi-2 musobaqasi Ğarbiy mintaqasining «A», «B», «S» va «D» guruhlarida beşinçi tur uçraşuvlari yakunlandi. Tur doirasida Qarşining «Nasaf» klubi muhim ğalabaga erişib, nimçorak final yöllanmasi uçun imkoniyatini saqlab qoldi. Ayni paytda BAAning «Al-Vahda» jamoasi guruh ğolibligini muddatidan avval kafolatladi.
Aniqroq aytadigan bölsak, «A» guruhida «Nasaf» öz maydonida Bahraynning «Al-Xolidiya» jamoasini 1:0 hisobida mağlub etdi.
Uçraşuvning birinçi bölimida har ikki jamoa gol kiritiş uçun bir qator imkoniyatlarga ega böldi. Biroq darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Ikkinçi bölimda esa Abbosjon Ğulomov Murodbek Rahmatovning aniq uzatmasidan keyin töpni darvozaga yöllab, uçraşuvdagi yagona golga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda bahraynliklar hisobni tenglaştirişga urindi, ammo Abduvohid Neʼmatovning işonçli harakatlari jamoasiga ğalabani saqlab qolişda yordam berdi.
Guruhdagi ikkinçi uçraşuvda «Kuvayt SK» öz maydonida BAAning «Al-Vahda» klubiga 1:2 hisobida mağlub böldi. Mezbonlar ikkinçi bölimda hisobni oçgan bölsa-da, mehmonlar tez orada muvozanatni tikladi va ğalaba golini kiritdi.
Şu tariqa, «Al-Vahda» oçkolarini 12 taga yetkazib, guruhda birinçi örin sohibi sifatida keyingi bosqiç yöllanmasini qölga kiritdi. «Nasaf» 7 oçko bilan ikkinçi, «Kuvayt SK» 6 oçko bilan uçinçi, «Al-Xolidiya» esa 4 oçko bilan törtinçi örinda bormoqda. Qarşiliklar eng yaqin taʼqibçisi — «Kuvayt SK»dan bir oçkoga oldinda.

Musobaqa nizomiga köra, har bir guruhda birinçi va ikkinçi örinni egallagan jamoalar nimçorak finalga yöl oladi. Şu bois «A» guruhidagi ikkinçi yöllanma uçun asosiy kuraş «Nasaf» va «Kuvayt SK» örtasida keçmoqda.
Röziqul Berdiyev şogirdlari sönggi turda safarda guruh ğolibi «Al-Vahda» bilan kuç sinaşadi. 9-dekabr kuni Abu-Dabidagi «Al-Nahyon» stadionida ötadigan uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 21:00 da boşlanadi. Şu vaqtda Riffada «Al-Xolidiya» va «Kuvayt SK» jamoalari ham özaro bahs olib boradi.
«Nasaf» uçun keyingi bosqiçga çiqiş şartlari aniq. Agar qarşiliklar ğalaba qozonsa, boşqa uçraşuv natijasidan qatʼi nazar, nimçorak finalga yöl oladi. Durang qayd etilgan taqdirda esa «Kuvayt SK» ğalaba qozonmasligi kerak. Agar «Nasaf» mağlub bölsa, kuvaytliklar ham öz uçraşuvida yutqazişi lozim. Aks holda, jamoalar oçkolarini tenglaştirgan taqdirda, özaro uçraşuvlar va umumiy töplar farqi böyiça tenglik saqlanib qoladi. «Kuvayt SK» esa musobaqa davomida köproq gol urgani hisobiga ustunlikka ega böladi.

«B» guruhida BAAning «Al-Jazira» klubi Eronning «Gol Gohar» jamoasini 1:0 hisobida mağlub etdi. Yana bir bahsda Turkmanistonning «Arkadağ» klubi Bahraynda «Al-Muharraq»dan 4:2 hisobida ustun keldi. Natijada «Al-Jazira» 13 oçko bilan guruhda birinçi, «Arkadağ» esa 10 oçko bilan ikkinçi örinni egallab, nimçorak finalga yöllanmani taʼminladi. «Al-Muharraq» 3, «Gol Gohar» 2 oçko töplagan.
«S» guruhida Qatarning «Al-Rayyan» klubi Iordaniyada «Al-Faysali»ni 1:0 hisobida yengdi. Saudiya Arabistonining «Al-Taavun» jamoasi esa Ömonning «An-Nahda» klubi bilan durang öynadi — 0:0. Şu tariqa, «Al-Rayyan» 12 oçko bilan birinçi, «Al-Taavun» 11 oçko bilan ikkinçi örinni egalladi. Har ikki jamoa ham muddatidan avval nimçorak finalga yöllanmani taʼminladi. «Al-Faysali» 3, «An-Nahda» 2 oçko bilan qoldi.
«D» guruhida Hindistonning «Ist Bengal» klubi Iordaniyaning «Al-Hussayn» jamoasini 1:0 hisobida mağlub etdi. Ömonning «Al-Sib» klubi esa Iroqning «Al-Şorta» jamoasi ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Bu natijalardan keyin «Al-Şorta» 10 oçko bilan guruh peşqadami bölib qoldi. «Al-Sib» 7 oçko bilan ikkinçi, «Ist Bengal» va «Al-Hussayn» esa 5 oçkodan töplagan holda uçinçi va törtinçi örinlarni egalladi. Bu ikki jamoa örtasidagi özaro uçraşuvlar natijasi «Ist Bengal»ning ustunligini taʼminladi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA