Sport volontyorlarining faoliyati eʼtirof etildi
Mamlakatimizda bir qator sport turlari böyiça xalqaro musobaqalar, jahon va qitʼa çempionatlari, kompleks sport öyinlari taşkil etilayotgani ortidan sport volontyorligi tizimi ham jadal rivoj topmoqda.
Ötayotgan yil davomida yurtimizda zör muvaffaqiyat bilan taşkil etilgan Osiyo Olimpiya kengaşining 46-Boş assambleyasi, “OU7 Training × YSLP - 7 DAYS OF ACTION” sport çellenji, para atletika böyiça Özbekiston oçiq çempionati, “Prezident Olimpiadasi” va “Prezident paralimpiadasi”, boks, dzyudo, oğir atletika, taekvondo, kuraş, sport kuraşlari kabi önlab sport turlari böyiça ötgan nufuzli musobaqalarda ming-minglab köngilli volontyorlarning professional mehnati öz ifodasini topdi.
Sport vazirligida Milliy olimpiya va paralimpiya qömitalari hamkorligida sport tadbirlarini yuqori saviyada taşkil etişga munosib hissa qöşib kelayotgan bir guruh volontyor yoşlarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Marosimda iştirok etgan Özbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov, Milliy paralimpiya qömitasi raisi örinbosari Hikmat Toşmatov yurtimizda sport volontyorligi tobora rivojlanib borayotganini taʼkidladi.
Xususan, “Prezident olimpiadasi” va Prezident paralimpiadasi” doirasida 353 nafar, Osiyo Olimpiya kengaşi Boş assambleyasida 100 nafardan ortiq, para atletika böyiça Özbekiston oçiq çempionatida 50 nafarga yaqin volontyorlar samarali faoliyat olib borgan.

Tadbirda yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda xalqaro sport musobaqalarida köngillilarning örni va ahamiyati eʼtirof etilib, faol iştirok etgan volontyorlarga sertifikat va esdalik sovğalari topşirildi.
T.Röziyev,
ÖzA