Matbuot anjumani: Sindorov va Gukeş murabbiylarining ruhiy qöllovidan minnatdor
Jeneva şahridagi BMT Millatlar saroyida Javohir Sindorov va Gukeş Dommaraju örtasida jahon şaxmat toji va çempionligi uçun kuraş keçmoqda. Musobaqaning 2-turidan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida har ikki şaxmatçi öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Durang bilan yakunlangan 2-tur bahsida amaldagi jahon çempioni ilk bor oq donalarda öynagan holatda şaxmat bahslari davomida qöllaniladigan London tizimini nega tanlaganiga izoh berdi.
Uning fikriça, bu debyut raqibiga kutilmagan tanlov bölişi mumkin, deb öylagan. Pandemiya davrida London tizimida ança maşq qilganini, bu debyutning nazariyasi ança çuqurligini aytib, bahs davomida Sindorovning bunday vaziyatga javobi tayyorligiga amin bölgan.
Sindorov aynan London tizimini kutmaganini, ammo partiyada yuzaga kelgan holat unga yaxşi taniş bölgani haqida söz yuritib, donalarni qay tartibda joylaştirgani borasida fikr bildirdi.

Gukeş 2-turdagi şu pozitsiyada raqibiga jiddiy muammo tuğdiriş yölini topişi qiyin bölganini aytib, öyinni keskinlaştiriş öziga ham muammo keltirişi mumkinligiga töxtaldi va bir neça variantlarni tahlil qildi.
Matbuot anjumanida Javohir Sindorov ham, Gukeş ham murabbiylarining ruhiy qöllovi qançalik muhim ahamiyat kasb etayotgani haqida töxtaldi.
Gukeş ikki partiyadan keyin hisob haqida xulosa qilişga erta ekaniga köpçilikning eʼtiborini qaratdi. U eslatganidek, 14 ta klassik partiyadan keyin hisob 7:7 bölsa, jahon toji kimga tegişli ekani tay-brekda hal qilinadi.
Eslatib ötamiz, bugun, 26-noyabr kuni ötkaziladigan 3-tur musobaqasida Sindorov oq, Gukeş qora donalarda harakatlanadi.
Mukofot jamğarmasi 2 500 000 AQŞ dollaridan iborat jahon çempionligi va şaxmat toji uçun ötkazilayotgan musobaqa 12-dekabrga qadar davom etadi.
T.Röziyev,
ÖzA