“Naqshbandiya kunlari” boshlandi
O‘zbekistonning Malayziya va Indoneziyadagi elchixonalari, Buxoro viloyati hokimligi, viloyat turizm boshqarmasi hamda “Grand Atlas Discovery” bilan hamkorlikda joriy yilning 5-6-fevral kunlari Naqshbandiya tariqatining oltin silsila pirlari ziyoratgohlari bo‘ylab “Naqshbandiya kunlari” ziyorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirga Malayziya, Indoneziya, Singapur, Hindiston, Bruney va Turkiya davlatlaridan 150 nafarga yaqin diniy ulamolar, tariqatchilar tashrif buyurdi. Mehmonlar Buxoro temir yo‘l vokzalida kutib olindi.


Tashrif Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohini ziyorat qilishdan boshlandi. Mehmonlarga G‘ijduvoniyning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, ziyorat ob’ektlarida yaratilgan shart-sharoitlar xususida batafsil so‘zlab berildi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda Buxoro mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun eng maqbul manzilga aylanib bormoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri