Namanganda voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” final bosqichi boshlandi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktablarining xotin-qiz xodimlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining final bosqichiga start berildi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov ishtirok etib, jamoalarni final bosqichi boshlangani bilan qutladi va ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
[gallery-30228]
Final bahslarida hududiy saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tarkibidagi jami 112 nafar ishtirokchi bosh sovrin uchun bellashmoqda.
Mazkur musobaqa pedagog xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, voleybol sport turini yanada ommalashtirish, xotin-qizlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar 150 million, 100 million va 70 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, musobaqa g‘olibi bo‘lgan maktab jamoalariga qo‘shimcha rag‘bat sifatida “Damas” avtomashinalari topshiriladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA