Namanganda eng kitobxon oila aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani”da “Yosh kitobxon oila” tanlovining Namangan viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholi keng qatlamini kitob mutolaasiga jalb etish, shu orqali yoshlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan yosh oilalar ishtirok etdi.
[gallery-19760]
Badiiy asarlar bo‘yicha savol-javob shartlari asosida bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazgan ishtirokchilar orasidan Chortoq tumani Arbag‘ish mahallasida yashovchi Mahammadazimovlar oilasi birinchi o‘rinni egalladi. Yangiqo‘rg‘onlik Yo‘ldoshevlar hamda mingbuloqlik Isog‘aliyevlar oilasiga keyingi o‘rinlar nasib qildi.
Ma’lumot uchun. Joriy yilda viloyat bo‘yicha mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirib, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan oilalar soni 12 ming 785 tani tashkil etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA