Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan ta’lim maskani hisoblanadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida filiallari tashkil etilgan.  

O‘zbek tili bo‘yicha 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflarga o‘quvchilar faqat aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan kvota doirasida o‘qishga qabul qilinadi.

Maktablarda o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar o‘zlari ta’lim oladigan maktabi joylashgan hudud bo‘yicha joriy yilning 1 iyunidan 20 iyuniga qadar hujjatlarini faqat onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali topshiradi.

Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabiga esa barcha hududlardagi maktab o‘quvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

Shunga ko‘ra, talabgor o‘quvchi faqatgina o‘zi ta’lim oladigan maktabi joylashgan hududdagi yoki Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining biriga hujjat topshira oladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining filiallari respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan. O‘tgan o‘quv yilida mazkur maktabning Nukus, Andijon, Samarqand shaharlarida filillari tashkil etilgan edi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qay tartibda amalga oshiriladi?