Muallimaning samarali mashg‘ulotlari
Mavjuda Norbosheva Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi.
Mavjuda Norbosheva Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi.U dars jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratadi. Mashg‘ulotlarda noan’anaviy usullar, yangicha pedagogik texnologiyalardan mahorat bilan foydalanadi. Shu bois o‘quvchilari ham fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.