Misr tajribasi asosida sakkizta tumandagi 100 ming gektar yaylovga qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli chorva ozuqasi ekiladi
Qashqadaryo qishloq xo‘jaligining o‘zida qo‘shimcha 200 ming kishini daromadli qilish imkoniyati bor. Shu maqsadda Jahon banki bilan Misr tajribasi asosida sakkizta tumandagi 100 ming gektar yaylovga dronlar yordamida qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli chorva ozuqasi ekish boshlanadi.
Bu ishlar Nishon, G‘uzor, Muborak, Ko‘kdala, Koson, Mirishkor, Qamashi va Dehqonobodda olib boriladi. Mazkur tumanlarda 10 ming boshdan yirik va 50 ming boshdan mayda shoxli chorva komplekslarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Import qilingan chorvani aholiga sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi qo‘llanadi.
G‘uzor tumanida 10 ming gektar yer foydalanishga kiritiladi. Yerning yarmida paxta, qolgan qismida ozuqa ekinlari yetishtiriladi. Yerlar dehqonlarga berilib, klaster tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Yerlarni xo‘jalik aylanmasiga kiritish uchun bir haftada imtiyozlar paketini ishlab chiqish topshirildi.
O‘zA