“Milliy suvenirlar” festivali bӯlib ӯtdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Milliy suvenirlar” festivali bӯlib ӯtdi.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 9 fevraldagi “Ӯzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizda maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, turizm mahsulotlarini keng targ‘ib qilish nazarda tutilgan.
Mamlakatimizda turistlar oqimini shakllantirish va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari Dasturiga muvofiq “Milliy suvenirlar” festivali ӯtkazildi.
[gallery-4478]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi, Madaniyat vazirligi, Ӯzbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bӯlimi hamda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida milliy urf-odatlarimiz qayta tiklanib, hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Milliy suvenirlar” festivalini ӯtkazishdan maqsad, hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’atining an’anaviy turlarini saqlash va qayta tiklash, hunarmandchilik mahsulotlarining raqobatdoshligini va sifatini oshirishdan iborat. Shuningdek, hunarmand ustalarni moddiy hamda ma’naviy qӯllab-quvvatlash, shu orqali aholi bandligini ta’minlash, ular yaratgan mahsulotlarni chet davlatlarga targ‘ib qilishdan iborat.
Festival doirasida hunardmandlar ӯrtasida tanlov bӯlib ӯtdi. Unda Nukus “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat jamoasi birinchi, Nukus shahridan M.Allambergenova ikkinchi, Shumanoy tumanidan A.Naӯbetova uchinchi ӯrinni egalladi. Ular tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir ishtirokchilariga san’at ustalarining konsert dasturi namoyish etildi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA