Milliy hunarmandçilik – qadriyatlarni birlaştiruvçi köprik
Xalqlar örtasidagi döstlik va özaro anglaşuvni mustahkamlaşda madaniy aloqalar, sanʼat va milliy hunarmandçilik alohida örin tutadi.
Özbekiston va Ömon örtasidagi madaniy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, ikki xalqning boy merosi hamda ijodiy salohiyatini keng namoyiş etiş maqsadida “Özbekiston madaniyati kunlari” ötkazilmoqda.
Madaniyat vazirligi xabariga köra, Ömon Sultonligida davom etayotgan mazkur tadbir doirasida oçiliş marosimi va gala-konsert dasturi oldidan ikki mamlakat sanʼatkorlari hamda hunarmandlari ijodiga bağişlangan körgazma taşkil etildi.
Unda Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Ömon Sultonligi madaniyat, sport va yoşlar vaziri Sayyid Saud bin Hilol bin Hamad Al Busaidi ikki davlat sanʼat ustalari hamda hunarmandlarining ijod namunalari bilan tanişdi.
Körgazmada ikki xalqning milliy anʼanalari va amaliy sanʼatiga oid sara ijodiy işlar namoyiş etildi. Ekspozitsiyadan har ikki davlatning öziga xos madaniy merosi, milliy qadriyatlari hamda avloddan-avlodga ötib kelayotgan hunarmandçilik maktablari namunalari örin oldi.
Mazkur tadbir Özbekiston va Ömonning boy madaniyati va ijodiy salohiyatini keng tarğib etiş, döstlik riştalarini mustahkamlaş, şuningdek, usta-hunarmandlar örtasida özaro tajriba almaşiş uçun muhim muloqot maydoniga aylandi.
M.HOJIAKBAROVA,
ÖzA