Özbekiston va Ömon madaniy aloqalari yangi bosqiçga çiqmoqda
Özbekiston va Ömon örtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlaş, ikki xalqni bir-biriga yaqinlaştiriş yölidagi aloqalar izçil davom etmoqda.
Ömon Sultonligida ötkazilayotgan «Özbekiston madaniyati kunlari» doirasida Özbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning Ömon Sultonligi Madaniyat, sport va yoşlar vaziri Sayyid Saud bin Hilol bin Hamad Al Busaidiy bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Madaniyat vazirligi axborot xizmatiga köra, samimiy muloqotda ikki mamlakat örtasidagi madaniy aloqalar, kelgusida amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan loyihalar va hamkorlik istiqbollari haqida söz bordi.

Uçraşuvda Ozodbek Nazarbekov xalqlarimizni asrlar davomida boğlab kelayotgan döstlik riştalari, muştarak islomiy meros va umumiy maʼnaviy qadriyatlar haqida sözladi.
Muloqot davomida bunday yaqinlikni madaniyat va sanʼat orqali yanada mustahkamlaş muhimligini taʼkidladi. Xususan, Özbekiston va Ömonda madaniyat kunlarini muntazam ötkaziş, sanʼatkorlar örtasida tajriba almaşiş, madaniy taʼlim yönalişida hamkorlik qiliş hamda qöşma konsert dasturlarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

Yana bir muhim jihat — ikki mamlakat madaniyat vazirliklari örtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlaş masalasi ham eʼtibordan çetda qolmadi. Bu borada tegişli hujjat loyihasini işlab çiqiş yuzasidan fikr almaşildi.
Zero, madaniyat xalqlarni birlaştiradigan, ular örtasida özaro hurmat va döstlikni mustahkamlaydigan muhim köprik. Ömonda ötayotgan «Özbekiston madaniyati kunlari» ham ana şu döstlik va hamjihatlikning yorqin ifodasi bölib, ikki mamlakat örtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
N.Usmonova,
ÖzA